«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyatining qaroriga muvofiq haftaning shanba kunlarida online rejimidagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish belgilangan edi. Mashg‘ulot darslaridan ko‘zlangan maqsad aniq — magistral elektr tarmoqlari filiallarida mehnat faoliyati olib borayotgan ma'muriy-texnik xodimlarining nazariy hamda amaliy bilimlarini oshirishdan iborat.
Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda hozirgi kunda butun dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelish mumkin bo‘lgan oziq-ovqat tanqisligining oldini olish maqsadida Respublikamizda mavjud fermer xo‘jaligi va aholi tomorqasi yer maydonlaridan unumli foydalanish, poliz mahsulotlarini yetishtirish, umulashtirib aytganda, foydalanish imkoniyati bo‘lgan barcha yer maydonlari bo‘sh qolmasligi topshirig‘i berilgan.
Barchamizga ma'lumki, xalq xo‘jaligi obyektlari elektr ta'minoti sifatli va uzluksiz bo‘lishi uchun elektr uskunalarini oldindan belgilangan rejalar asosida ta'mirlash maqsadga muvofiq. Ayniqsa, kuz-qish mavsumi oldidan mukammal va joriy ta'mirlash ishlarini sifatli qilib, o‘z muddatlarida bajarilishi elektr ta'minotining ishonchlilik darajasini oshiradi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialida 2020-yil joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida: • uzunligi 762,58 km bo‘lgan 1 ta 500 kV kuchlanishli; • 17 ta 220 kV kuchlanishli havo liniyalari mavjud.
Filialning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PK-4249-sonli qarori, «O‘zbekiston MET» AJ Ustavi asosida «O‘zbekiston MET» AJga qarashli «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tashkil etildi.
Ma'lumki, joriy yil 1-may kuni «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Davlatimiz rahbari zudlik bilan hodisa yuz bergan joyga yetib borib, vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga shaxsan bosh-qosh bo‘ldi.
«Namangan MET» filiali: yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarda joriy ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda
Boshqaruv apparatining navbatdagi xizmat safari: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Jamiyatning Farg‘ona vodiysida joylashgan magistral elektr tarmoqlari filiallari, yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda ijtimoiy soha obyektlarining ish faoliyatini yaqindan o‘rganib, joylarda sayyor qabullar o‘tkazdi.
Barchamizga ma'lumki, elektr ta'minoti UZLUKSIZ bo‘lishi bilan birga SIFATLI (o‘lchamlari belgilangan me'yoriy ko‘rsatkichlarda) va ISHONCHLI (texnik-muhandislik tartib-qoidalariga ko‘ra birida nosozlik ro‘y berganda ikkinchisi qo‘shimcha yuklama bilan ishlay olish qobiliyatiga ega) bo‘lishi talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti bilan videoaloqa orqali muzokara o‘tkazdi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan Jamiyat rahbariyati tasdiqlangan rejaga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020-yil 15-yanvardagi 18-240-sonli murojaatiga asosan davlat tashkiloti faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram) ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 e'lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan Jamiyat ma'muriyati tasdiqlangan rejaga asosan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 2020-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi PQ-4256-son va 2019-yil 29-apreldagi «Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi PQ-4300-son qarorlari asosida
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan Jamiyat ma'muriyati tasdiqlangan rejaga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi.
«Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tassarrufidagi 220/110/10 kV li «Jizzax» podstansiyasiga tutash 10 kV li «Tinchlik» havo tarmog‘ida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida podstansiyada texnik nosozlik yuzaga kelgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, 10 kV K-47 rusumli elektr uskunasining o‘tish izolyatorlari elektrodinamik kuch ta'sirida yorilgan, qisqa tutashuv ta'sirida rele himoyasi shkaflari yaroqsiz holga kelgan.
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining "Toshkent metallurgiya zavodining tashqi ob'ektlarini qurishda elektr energiyasi bilan ta'minlash" loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida: uzunligi 475,5 km bo‘lgan 1 ta 500 kV kuchlanishli, 13 ta 220 kV va 2 ta 110 kV kuchlanishli havo liniyalari mavjud.