Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni neft-gaz kimyo sanoatidagi istiqbolli loyihalar holatiga oid taqdimot bilan tanishdi. Neft-gaz kimyosi – qo‘shimcha qiymat yaratadigan, eksportda katta o‘rin tutadigan tarmoq. O‘zbekistonda xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlab, iqtisodiy samaradorlikni ko‘paytirish maqsadida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda elektr energiyasi va gaz yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar andak jilovlangandek tuyulgandi. Ammo ushbu haftadagi sovuq kunlar masala naqadar jiddiyligini yana bir marta eslatib qo‘ygandek bo‘ldi. Kun.uz mavjud vaziyat va muammoning yechimlari haqida energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev bilan suhbat uyushtirdi.
Elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sababi – havo haroratining sovib ketishi natijasida elektr energiyasi iste'molining keskin ortib ketishi tufayli yuzaga keladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon beradi.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy ma'lumotlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari filiallari
Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki hamda Angliyaning «Good corporation» kompaniyasi tavsiyasiga asosan «INVESTMENT AND SAPITAL MANAGEMENT» mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorligida 2020-yilning oktabr oyidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining markaziy boshqaruv apparati hamda hududiy filiallarida (Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida) «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.
“Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (2020-yil 30-oktabrdagi 674-son) qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Taraqqiyot dasturi» bilan hamkorlikda «COVID–19» pandemiyasi tufayli tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida ishlab chiqilgan «BIZNES-KLINIKA» loyihasini qo‘llab quvvatlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining rasmiy murojaatiga binoan quyidagi targ‘ibot materiallarini e'tiboringizga havola etadi:
Bugun, 27-oktabr kuni soat 11:30da «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali ma'muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Jamiyat ma'muriyati, energetika sohasining taniqli mutaxassislari, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy energetiklar jamoasi, O‘zbekiston Respublikasi Tennis federatsiyasi ustoz-murabbiylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali Jamiyati tarkibidagi boshqa filiallar kabi elektr energiyasini energiya ishlab chiqaruvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berilishini amalga oshirish (transportirovka), magistral elektr tarmoqlarini ta'mirlash, shuningdek, boshqa davlatlarning elektr tarmoqlari bilan o'zaro aloqalarda ishtirok etish bilan shug'ullanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Joriy yilning 23-oktabr kuni poytaxtimizning "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida qator xalqaro moliya institutlari ishtirokida mamlakatimiz energetika sektorini yanada isloh qilishga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Yurtimizda xalq xo‘jaligi, shuningdek aholi turmush darajasining o‘sishi, turli zamonaviy maishiy elektr jihozlarining turmushda foydalanish ko‘lami kengayotgani bois elektr energiyasiga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini oshirish borasida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil 23-oktabr kuni «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Energetika vazirligi hamda qator xalqaro moliya institutlari ishtirokida O‘zbekiston energetika sektorini yanada isloh qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berganimizdek, kecha, 21 oktyabr kuni tonggi soat 06:52 da Turkmaniston energetika tizimiga qarashli 500 kVli "Serdar-Mari GRES" deb nomlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmog'i favqulodda o'chgan edi.
Bugun, 2- oktabr kuni tonggi soat 06:52 da Turkmaniston energetika tizimiga qarashli 500 kVli «Serdar-Mari GRES» deb nomlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i favqulodda o‘chdi.
Farmonga muvofiq, 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
Assalomu alaykum, muhtaram jamoadoshlar, aziz hamkasblar! Barchangizga ushbu tarixiy sana — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz bir yilligi muborak bo‘lsin!