Avval xabar berganimizdek, elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshishi natijasida iste'mol darajasining keskin ko‘tarilishi, O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarish hajmi suv resurslari tanqisligi tufayli sezilarli darajada kamaygani, bundan tashqari, Tojikiston Respublikasidan qabul qilinayotgan import amaliyotining keskin kamayishi (Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborlaridagi suv sathini kamayishi oqibatida) sababli elektr ta'minoti tizimiga 0,8-1,0 foiz miqdorida cheklovlar kiritilayotgani, biroq bu jarayon issiqlik elektr stansiyalari ish hajmining oshirilishi evaziga bartaraf etilayotgani haqida rasmiy bayonot berilgan ed
Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati tomonidan Markaziy dispetcherlik xizmati ma'lumotlariga tayanib «RASMIY BAYONOT: TA'SIR ETUVCHI BIR NECHTA OMILLAR SABABLI ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIGA 0,8–1,0 % MIQDORDA CHEKLOVLAR KIRITILMOQDA» nomli xabar e'lon qilingan edi.
Elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshayotgan so‘nggi kunlarda, ya'ni joriy yil 21-iyul kunidan boshlab, energotizimda ishlab chiqarilayotgan va iste'mol etilayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelib, natijada energotizimdagi yirik avariyaviy holatlarning oldini olish va uning barqaror ishlashini ta'minlash (energotizim parametr ko‘rsatkichlarini me'yor darajasida saqlash) maqsadida respublika iste'molchilariga cheklovlar kiritilmoqda.
Avval xabar berilganidek, 2019-yil 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishtirokida (yagona xaridor sifatida) va Fransiyaning «Total Eren» kompaniyalari o‘rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan investitsion kelishuv imzolangan edi.
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi 412-I-sonli Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-mayda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda ma'qullangan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2020-yil 14-iyul sanasida ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarni O‘RQ-628-son bilan imzoladi, Qonun rasman e'lon qilindi va e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Muhtaram jamoadoshlar, Jamiyatimiz ishchi-xodimlari! Yurtimizdagi bugungi sharoit barchamizga kundek ayon. Butun dunyo aholisini sarosimaga solib turgan koronavirus balosi, afsuski, bizning hududimizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Kun sayin bu ofatga yo‘liqqan bemorlar safi kengayib bormoqda. Shuning barobarida, ming afsus, aholi o‘rtasidagi yo‘qotishlar ham talaygina.
Xabaringiz bor, avvalroq «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi podstansiyalarda amalga oshirilayotgan mavsumiy tayyorgarlik ishlari haqida ma'lumot taqdim etgandik.
Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan taqsimlovchi hududiy korxonalarga transportirovka qilish, elektr energiyasi umumtizimida barqarorlikni ta'minlash, shu bilan birga, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston prezidentining «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–4779-sonli qarori qabul qilindi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialida joriy va mavsumiy ta'mirlash ishlari haqida qisqacha ma'lumot:
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filialida ham 2020–2021 yil kuz-qish mavsumi oldidan mukammal va joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan taqsimlovchi hududiy korxonalarga transportirovka qilish, yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatish (qurilish-montaj ishlari, investitsion loyihalarni amalga oshirish), elektr energiyasi umumtizimida barqarorlikni ta'minlash, shu bilan birga, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.
«Toshkent shahar MET» filiali tasarrufidagi podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturi haqida qisqa ma'lumot: Podstansiyalarda ekspluatatsiya ishlarini amalga oshirishda ma'nan va jismonan eskirgan elektr uskunalarni zamonaviy, xalqaro standartlarga mos keladigan elektr uskunalar bilan yangilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi 3284-sonli qarori asosida “Quyliq” “Yuksak” “Ozodlik” podstansiyalarida 2022-yilgacha qiymati 48,5 mln AQSh dollari miqdorida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 2-iyul kuni mamlakatimiz investitsion va tashqi savdo faoliyati prognoz ko‘rsatkichlarining joriy yil I yarmidagi ijrosini muhokama qilishga, shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ustuvor qo‘shma loyihalarning borishini hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan videoanjuman tarzida yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarini qurish, modernizatsiya dasturiga asosan eski, ma'nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash kabi bir nechta investitsion loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida ayni paytda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda joriy hamda kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan oldin «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan amalga oshirilgan ayrim yo‘nalishdagi faoliyatlar haqida ma'lumotlar berib o‘tgan edik.
Yoshlar — kelajagimiz, baxtli va farovon kunlarimizning davomchisi, millat va yurt tayanchi. Ularning yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan barkamol inson bo‘lib voyaga yetishlari yo‘lida bugun mamlakatimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Har qanday davalat va jamiyat taraqqiyoti yurtning yetakchi kuchi bo`lmish yoshlar tarbiyasi, ularning vatanparvarligi, zamonaviy kasblarni egallash darajasi bilan chambarchas bog`liq jarayondir.
Dastavval elektr energiyasi nima, degan savolga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Elektr energiyasi — zaryadlangan zarralarning tartibli harakati, tezligi yorug‘lik tezligi bilan barobar — soniyasiga 300 ming kilometr.
Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar strategik ahamiyatga ega qo‘riqlanadigan maxsus obyektlar hisoblanadi. Bunday podstansiyalarga avtotransport va mexanizmlar, shuningdek mehnat faoliyat yurituvchi mutaxassis-xodimlarning kirib-chiqishi qat'iy qaydnoma shartlari hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq amal qilgan holda amalga oshiriladi.