Yangiliklar
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI: PREZIDENT QARORIGA MUVOFIQ SURXONDARYO VILOYATIDA YIRIK INVESTITSION LOYIHA BOSHLANDI

Iqtisodiyot tarmog‘idagi oldingi bir qadam Barchamizga ma'lumki, yirik sanoat korxonalari iqtisodiyotimizning lokomotivi hisoblanadi. Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash evaziga tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozor ehtiyojini to‘ldirish bilan bir qatorda mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish imkoniyatiga ega yirik korxonalar soni va quvvatini oshib borishi, shu bilan birga o‘rta va kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustivor yo‘nalishdan biri ekanligi shubhasiz.

  • 05.06.2020
  • 1521
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI YAKUNLANIB, JORIY TA'MIR ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan joriy yilning 6–28-may kunlari Aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan 500 kVli «Surxon» podstansiyasidagi 220 kVli havoli o‘chirgichlar xo‘jalik usulida mukammal ta'mirlandi.

  • 04.06.2020
  • 802
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: PODSTANSIYALARDA QO‘SHIMCHA QUVVAT VA YOZGI MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Tovush MFY hududida joylashgan «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220/110/10 kVli «O‘zgarish» podstansiyasida «Jahon Banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida quvvati 250000 kVAli yangi hamda zamonaviy avtotransformatorini 220 kV, 110 kV hamda 10 kV kuchlanishli yacheykalarini yangidan qurishi hisobiga qo‘shimcha AT-3 o‘rnatish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

  • 04.06.2020
  • 1183
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATIDA TAYINLOV AMALGA OSHIRILDI

Qurbonov Feruz Mustafoyevich «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining Investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

  • 02.06.2020
  • 969
BOLALIK DUNYOSI — BEG‘UBOR DUNYO!

Har bir inson o‘z bolaligiga qaytishni istab yashaydi... Agar zimdan kuzatsangiz bolajonlarning quvnoq o‘yinlari, shirindan-shakar qiliqlaridan tortib hatto arazlarigacha sodda va samimiy. Shuning uchun bo‘lsa kerak bolalik sog‘inchi bizni bir zum ham tark etmaydi.

  • 01.06.2020
  • 28661
MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: UMUMIY ELEKTR ENERGIYASI BOZORINI SHAKLLANTIRISH BORASIDAGI ILK QADAMLAR

Bugun, 2020-yil 27-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da MDH davlatlari Energetika Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bundan avvalgi ishchi tartibdagi majlislar kabi onlayn shaklda o‘tkazildi. Yig‘ilishning bu safarga mavzusi MDH davlatlaridagi elektr energetika sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar hamkorligida «MDHda umumiy elektr energiyasi bozorini shakllantirish» mavzusiga bag‘ishlandi.

  • 27.05.2020
  • 1019
XODIMLAR BILAN ISHLASH BOSHQARMASI: NOMZODLARNING MUROJAATLARI E’TIBORSIZ QOLAYOTGANI YO‘Q

Ma’lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bir nechta bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassislarni ishga taklif etish bo‘yicha e’lon bergan edi. E’lonlar Jamiyatning http://uzbekistonmet.uz/uz veb-saytidan tashqari Ochiq ma'lumotlar portalining https://data.gov.uz/ru, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi ish.mehnat.uz hamda «Xalq so‘zi» gazetasi sahifalarida nashr etilgan edi:

  • 27.05.2020
  • 898
RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar! Ramazon oyi azaldan ezgulik, xayr-saxovat va mehr-muruvvat oyi sifatida yurtimiz hayotida alohida o‘rin egallab keladi. Ushbu qutlug‘ oyda ko‘psonli energetiklar ham savobli amallarga qo‘l urib, xalqimiz boshiga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida hamjihatlik namunasini ko‘rsatgani tahsinga loyiq.

  • 24.05.2020
  • 2697
MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: ENERGETIKA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH, ISHCHI-XODIMLARNING XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA BILIM VA KO‘NIKMALARINI OSHIRISH MASALASI

2020-yil 20-may kuni MDH davlatlari Energetika Kengashining navbatdagi yig‘ilishi onlayn shaklda o‘tkazildi. Yig‘ilishning bu safarga mavzusi — Elektr energetika sohasida kadrlar tayyorlash, ishchi-xodimlarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish ishlariga bag‘ishlandi.

  • 21.05.2020
  • 979
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV RAISLIGIDA 2020-YIL 19-MAY KUNI TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA QARATILGAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR BO‘YICHA VIDEOSELEKTOR YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash ishlariga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi. Kasallikni yuqtirgan 2 ming 802 nafar fuqaromizdan 2 ming 314 nafari yoki 82 foizi butunlay sog‘aygani, bu kurashda chinakam jasorat ko‘rsatayotgan 23 ming nafar tibbiyot xodimlariga jami 78 milliard so‘mdan ziyod rag‘batlantirish puli to‘lab berilgani aytildi.

  • 20.05.2020
  • 1194
«YASHIL ENERGIYA» SALMOG‘INI OSHIRISHDA FRANSIYA BILAN INVESTITSIYA LOYIHASI DOIRASIDAGI HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

Yodingizda bo‘lsa, 2019-yil 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ishtirokida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Fransiyaning «TOTAL Eren» kompaniyalari o‘rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan kelishuv imzolangan edi.

  • 19.05.2020
  • 1069
XAVFSIZLIK TEXNIKASI MASALASIGA BEPARVOLIK, LOQAYDLIK VA E'TIBORSIZLIK — ENERGETIKLARNING BIRINCHI RAQAMLI DUSHMANI

Barchamizga ma'lumki, elektr energiyasi ta'minoti tizimi murakkab texnik-muhandislik amaliyoti bo‘lib, u ishlab chiqarish, yuqori hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali yetkazib berish va iste'molchilarga taqsimlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

  • 19.05.2020
  • 5862
MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: SOHADA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING SALMOG‘I DOLZARB AHAMIYAT KASB ETIB BORMOQDA

Barchamizga ma'lumki, O‘zbekistonning yuqori kuchlanishli havo liniyalari qo‘shni mamlakatlarning magistral elektr tarmoqlari bilan barqarorlikda ishlaydi va qo‘shni mamlakatlar dispetcherlik xizmatlari o‘zaro muvofiqlashuv asosida mintaqaning energiya xavfsizligini ta'minlaydi.

  • 15.05.2020
  • 1190
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA MUVOFIQ 2018-YILDA BOSHLANGAN LOYIHA MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi obyektlarini qurishda elektr energiyasi bilan ta'minlash» loyihasi muvaffaqiyatli yakunlanib, umumiy uzunligi 46 kilometrli 220 kV li havo liniyasi hamda yangi yuqori kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasi foydalanishga topshirilmoqda. Ayni paytda texnik dasturga asosan kuchlanish berilib, 115 soatli ishga qo‘yish-sozlash ishlari olib borilmoqda.

  • 12.05.2020
  • 1231
«SARDOBA» SUV OMBORI TOSHQINIDAN ZARAR KO‘RGAN AHOLI VAKILLARI XAYRIYA KARVONI YUBORGAN TASHKILOTLARGA MINNATDORLIK BILDIRISHDI

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv apparatining qaroriga muvofiq joriy yilning 7-may kuni «Sardoba» suv ombori toshqinidan zarar ko‘rgan, hozirda vaqtincha yashash joylarida istiqomat qilayotgan aholi vakillariga 60,0 mln. so‘mlik kiyim-kechak, xo‘jalik va uy-ro‘zg‘or buyumlari yetkazib berilgan edi.

  • 11.05.2020
  • 872
«9 MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI»: FAXRIY ENERGETIKLAR VA AFG‘ON URUSHI QATNASHCHILARI DOIMIY E'TIBOR VA E'ZOZDA

Ma'lumki, joriy yil Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaga roppa-rosa 75 yil to‘ldi. Bu kunning shukuhi va zalvorida o‘zbek o‘g‘lonlarining mardonavorligi va yuksak jasorati katta o‘rinni egallashi shubhasiz. Zero, 1,5 milliondan ziyod O‘zbekiston farzandlari bu qonli urushda tinchlik va ozodlik uchun mardona jang qilgani, ularning har uch nafaridan biri o‘z yaqinlari bag‘riga qaytmagani, el-yurtimizning front ortida ko‘rsatgan matonatli xizmatlarini xalqimiz hyech qachon unutmaydi.

  • 08.05.2020
  • 1620
AKSIYADORLIK JAMIYATI XODIMLARINING XAYRIYA AKSIYALARI DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ xodimlari o‘z arizalariga ko‘ra ish haqlarining bir qismini, aniqrog‘i 197,61 mln so‘m mablag‘larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazib bergan edi.

  • 08.05.2020
  • 764
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING INSONPARVARLIK YORDAMI SARDOBALIKLARGA YETKAZIB BERILDI

Avval xabar berganimizdek, bugun — 2020-yil 7-may kuni «O‘zbekiston MET» AJning ko‘psonli jamoasi nomidan «Sardoba» suv ombori toshqinidan zarar ko‘rgan, ayni paytda esa Sardoba tumaniga yondosh hududlardagi vaqtinchalik yashash joylarida istiqomat qilayotgan aholiga yordam ko‘rsatish maqsadida yuborilgan xayriya aksiyasining karvoni yo‘lga tushgani haqida ma'lumot bergan edik.

  • 07.05.2020
  • 1037
NOSOZLIKLAR TUFAYLI AFG‘ONISTONGA ELEKTR ENERGIYASI EKSPORTI IKKI BARAVAR KAMAYDI

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-aprel kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidagi «Puli Xumri» va «Chimtala» podstansiyalari oralig‘idagi 220 kVli 255- va 256-raqamli havo tarmoqlarining 562-sonli tayanch ustuniga harbiy harakatlar tufayli zarar yetgan edi. Buning oqibatida Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish amaliyoti 280 MVtdan «nol» qiymatga kamaygandi.

  • 06.05.2020
  • 813
TOJIKISTONDAN ELEKTR ENERGIYASINING MAVSUMIY IMPORT AMALIYOTI BOSHLANDI

Xabaringiz bor, yozgi vegetatsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligidagi sug‘orish mavsumida Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborida to‘plangan suvlarni sarflash jarayonida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti mavjud bo‘lib, bu mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.

  • 05.05.2020
  • 1272
>