Avval xabar berganimizdek, ayni paytda tabiiy ofatdan eng ko‘p talafot ko‘rgan hudud — Buxoro viloyatida «O‘zbekiston MET» AJning bir nechta brigadalardan iborat ishchi-xodimlari zarar yetgan tayanch ustunlarini ta'mirlash hamda yangilash ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda.
Ayni paytda tabiiy ofatdan eng ko‘p talafot ko‘rgan hudud — Buxoro viloyatida «O‘zbekiston MET» AJga qarashli havo tarmoqlarini tiklash, ya'ni zarar yetgan tayanch ustunlarini ta'mirlash hamda yangilash ishlari bilan bir nechta brigadalar tonggi soat 6:00 dan tungi 00:00, ya'ni yarim tunga qadar ish faoliyati olib borishmoqda.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-aprel kuni soat 21:10 atrofida Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidagi «Puli Xumri» va «Chimtala» podstansiyalari oralig‘idagi 220 kVli 255- va 256-raqamli havo tarmoqlarining 562-sonli tayanch ustuniga harbiy harakatlar tufayli zarar yetishi oqibatida Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish amaliyoti 280 MVtdan «nol» qiymatga kamaygan edi.
Ko‘pchilikka ma'lumki, 2020-yil 27-aprel soat 00:28 da Turkmaniston tarafdan kuchli shamol oqimining kirib kelishi natijasida mamlakatimizning turli hududlarida, jumladan: Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida, bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida yuqori hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida elektr ta'minotida ko‘plab uzilish holatlari kuzatildi, bir nechta tayanch ustunlari hamda havo tarmoqlariga zarar yetdi.
Avval xabar berganimizdek, joriy yil 27–28-aprel kunlari ob-havoning keskin o‘zgarishi va Turkmaniston hududidan kuchli shamol oqimining kirib kelishi natijasida mamlakatimizning bir nechta viloyatlaridagi elektr ta'minotida uzilishlar kuzatildi. Ayni paytda iste'molchilarning katta qismiga tarmoqqa ulanib, tabiiy ofat talafotlari bartaraf etilmoqda.
2020-yil 27-aprel soat 00:28 da Turkmaniston tarafdan kuchli shamol oqimining kirib kelishi natijasida mamlakatimizning turli hududlarida, jumladan: Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida, bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida yuqori hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida elektr ta'minotida ko‘plab uzilish holatlari kuzatildi.
Xabaringiz bor, yaqinda Afg‘oniston Islom Respublikasining «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) kompaniyaning 2020-yil mart oyida yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ oldida shartnomaviy qarzi mavjudligi, ushbu munosabat bilan «DABS» shirkati nomiga rasmiy murojaat yuborilgani haqida xabar bergan edik.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 8-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbayi bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi mutaxassislari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda xizmat olib borayotgan navbatchi muhandislar tashqi muhitdan izolyatsiya qilingan holda o‘z vazifa-majburiyatlarini bajarib kelmoqda.
Xabaringiz bor, mamlakatimizda yuqumli kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan tartiblarning kuchaytirilishi karantin davrining qisqartirishi va tez kunlarda odatiy turmush va mehnat faoliyati tarziga qaytishimiz uchun xizmat qilayotganiga kun sayin guvoh bo‘lib bormoqdamiz.
Yaqinda ayrim xorijiy OAVlarda «O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr uzatish ta'minotini uzish bilan tahdid qilmoqda» nomli xabar-ma'lumotlar e'lon qilindi. Unda aytilishicha, Afg‘onistonning «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) elektr tarmoqlari kompaniyasi bosh direktori Omonulloh G‘olib:
O‘zingizga ma'lumki, mamlakatimizda e'lon qilingan yuqumli kasallik karantini davrida ommaviy tadbirlar bekor qilinib, barcha xizmat ko‘rsatish shaxobchalari yopildi, shahar ichi va viloyatlararo transport qatnoviga cheklovlar kiritildi, aksariyat tashkilotlar xodimlari mehnat ta'tiliga chiqishdi yoki masofaviy ish rejimida xizmat ko‘rsatmoqda.
Avval xabar berganimizdek, 2020-yil 2-aprel kuni tungi soat 22:15 da Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondan elektr energiyasi importini qabul qiladigan yuqori kuchlanishli havo liniyasida nosozlik yuzaga kelib, Afg‘oniston energotizimi iste'moli 450 mVtdan 50 MVt qiymatga kamaygan edi.
Avval xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 34-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tashkil etilib, unga Orif Abdumajidovich To‘xtashev nomzodi ma'qullangan edi.
Ko‘pchilikka ma'lumki, O‘zbekiston elektr energiya umumtizimi import amaliyoti bilan bir qatorda qo‘shni Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini ham amalga oshiradi. Energetika borasidagi hamkorlik Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan qo‘shnichilik aloqalarini yaxshilash, qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, bu haqdagi barcha ma'lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilmoqda.
Bugungi kunda «COVID–19» (koronavirus) yuqumli kasalligining oldini olish borasida Respublikamizda, xususan poytaxtimizda ham profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda, karantin rejimlari kuchaytirilmoqda.
1989-yil 21-oktabr... Ushbu sana, shubhasiz, mamlakatimiz o‘tmishidagi eng qutlug‘ sanalardan biri. Zero bu kunda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinib, mustabid tuzum hukmronligi davridayoq xalqimizning o‘ziga xos jasorati timsoliga aylangan edi. Va shuni alohida e’tirof etish lozimki, bu hujjat o‘z vaqtida xalqimizning Istiqlolga bo‘lgan umid-ishonchini, milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytirdi, Mustaqilligimizning o‘ziga xos poydevori vazifasini bajardi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar! Barchangizga bahor bayrami — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin! Yurtimizga kun sayin bahor faslining tarovati yoyilib, tabiat uyg‘onmoqda. Ko‘klam havosidan qalblarga iliqlik yugurmoqda, yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Tun bilan kun tenglashadigan sharqona yangi yil — Navro‘z ayyomi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, energetika sohasi vakillarini, xususan Aksiyadorlik jamiyatimizning ko‘psonli ishchi-xodimlarini, qolaversa sohamiz faxriylarini samimiy muborakbod etaman!
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 18-mart kuni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi. Bundan oldinroq, Prezident topshirig‘iga binoan, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus infeksiyasining aholi o‘rtasida keng tarqalib ketishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan edi. Yig‘ilishda barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan majlis hamda boshqa tadbirlar o‘tkazish vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida ko‘rsatma berilgandi.
Avval xabar berganimizdek, 2019-yilning sentabr-noyabr oylarida Jizzax viloyatida istiqomat qilayotgan aholi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obyektlarini muntazam va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 220/110/10 kVli «Jizzax» podstansiyasida 125 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 200 MVAli AT-1 va AT-2 avtotransformatorlari ishga tushirilgan edi.