Yangiliklar
DISPETCHER ELEKTR TA’MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tasarrufida faoliyat yuritayotgan elektr energiyasi tizimiga quyidagi: 1) elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalar («Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va «O‘zbekgidroenergiya» AJ), 2) ularni uzatish uchun yuqori kuchlanishli magistral tarmoqlari («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ), 3) elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlari («Hududiy elektr tarmoqlari» AJ) va nihoyat 4) elektr energiyasi iste’molchilari kiradi.

  • 26.11.2019
  • 3413
XORAZMDA INVESTITSION LOYIHANING II BOSQICH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida 220 kVli «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasidan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

  • 21.11.2019
  • 894
BUGUN O‘ZBEKISTON BO‘YLAB AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTIDA VAQTINCHA UZILISHLAR BO‘LADI (RO‘YXAT)

E’tiboringizga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ning rasmiy telegram kanalida e’lon qilingan (https://t.me/hetmuloqot) va daryo.uz internet nashri orqali iste’molchilarga murojaat qilingan elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar haqidagi muhim xabarni havola etmoqdamiz.

  • 21.11.2019
  • 991
«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv apparatining ishchi majlisida saylovoldi tashviqotiga doir muhim masalalar ham muhokama etildi

Bugun, 2019-yilning 21-noyabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv apparatining ishchi majlisida tashkilot faoliyatiga bog‘liq muhim masalalar, jumladan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining yakuniy bosqichi, joriy ta’mirlash amaliyotlari, investitsion loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ijro intizomi va shunga o‘xshash masalalar muhokamasi doirasida saylovoldi tashviqotiga doir masalalar ham muhokama etildi.

  • 21.11.2019
  • 1035
O‘ZBEKISTON SANOAT YARMARKASI VA KOOPERATSIYA BIRJASI O‘Z ISHINI BOSHLADI

Bugun, 18-noyabr kuni «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘z ishini boshladi.

  • 18.11.2019
  • 953
FUQARO MUROJAATI: Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Dalvarzin mahallasidanman…

...Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Dalvarzin mahallasidan Tohir Burundukov ismli fuqaroman. Elektr ta’minotida ma’lum cheklovlar bo‘layotganini tushundik, tushunolmaganimiz hududimizdagi o‘chishlarda «adolatsizlik» bo‘lmoqda, hokim va uning o‘rinbosarlari yashaydigan hudud hamda namunali uylar tushgan hududda cheklovlar nisbatan kam, bizning mahallada esa soatlab ta’minotda uzilish bo‘ladi. Biz iste’molchi sifatida pulini to‘layotganimizdan so‘ng elektr ta’minoti shartnomada ko‘rsatilganidek uzluksiz va sifatli bo‘lishi lozim. Tuman hududiy elektr tarmoqlari «Buni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ dispetcherlik xizmatidan o‘chirayapti, bizga bog‘liqmas», degan javob qilishmoqda...

  • 13.11.2019
  • 1527
13-noyabrdan 16-noyabrga qadar respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

«Navoiy issiqlik elektr stansiyasi»ning 450 MVt quvvatga ega 2-sonli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) yoqilg‘i filtrlarini tozalash va boshqa nosozliklarni bartaraf etish uchun ta’mirga chiqarildi. Ushbu bug‘-gaz qurilmasini pudradchidan qabul qilishdan oldin yakuniy reglament bilan belgilangan ishlar va sinovlar o‘tkaziladi. Sinov jarayoni 16-noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.

  • 13.11.2019
  • 892
CHEKLOVLAR O‘RNATILISHIGA MAJBUR BO‘LINMOQDA! yoxud bugungi kun energiya tejamkorligi madaniyati qay ahvolda?

Ko‘pchilikka ma’lumki, elektr energiyasi ta’minoti — O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tasarrufidagi deyarli barcha tashkilot va korxonalar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan murakkab tizim.

  • 11.11.2019
  • 1968
KARMANADA 100 MVT QUVVATLI FOTOELEKTR STANSIYASI QURILADI

Bugun, 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyalari o‘rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan investitsiya bitimi imzolandi.

  • 08.11.2019
  • 986
ELEKTR TA’MINOTIDAGI NOSOZLIK BUGUN 24:00 ga QADAR TIKLANADI

Barchamizga ma’lumki, issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi asosan tabiiy gaz, ko‘mir, mazut va boshqa neft mahsulotlarini yoqish evaziga hosil qilinadi.

  • 08.11.2019
  • 1027
XORAZMDA OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDAGI INVESTITSION LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA

Mamlakatimizda yildan-yilga sanoat tarmoqlari rivojlanib, aholining turmush darajasi o‘sib borayotgani sari elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj ham sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yirik investitsion loyiha dasturlarini o‘z vaqtida, sifatli bajarishni talab etadi.

  • 05.11.2019
  • 869
SAYLOVCHILARGA ESLATMA

Aktiv saylov huquqi – Bu saylash huquqi bo‘lib, har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o‘z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini nazarda tutadi.

  • 04.11.2019
  • 1474
AFG‘ON ENERGETIKLARI JANGARILAR YETKAZGAN ZIYONNI TIKLASHMOQDA

O‘zbekiston elektr energiyasini Afg‘oniston Islom Respublikasiga eksport qilishi va bu ichki iste’molga mo‘ljallangan energiya mahsuloti emasligi (uza.uz/oz/society/5-0-mld-kvt-soat-elektr-energiyasi-aerda--24-10-2019), Afg‘onistonda goh iqlim sharoitlari, goh jangarilarning qo‘poruvchilik harakatlari tufayli tayanch ustunlariga yetkazilgan zarar oqibatida eksport darajasi hukumatlararo bitimlarda belgilangan me’yordan past darajaga (https://kun.uz/news/2019/10/12/afgonistonga-eksport-qilinayotgan-elektr-energiyasi-miqdori-yana-0-qiymatga-tushdi) tushib ketayotgani haqida ko‘p va xo‘p gapirildi...

  • 31.10.2019
  • 803
«InnoWeek» innovatsion haftaligi bugun o‘z ishini yakunlaydi

Yodingizda bo‘lsa, 23-25-oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» xalqaro ko‘rgazmalar majmuining 1- va 2-pavilionlarida 14-xalqaro «UzEnergyExpo-2019» hamda 9-xalqaro «UzStroyExpo-2019» ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tgan edi.

  • 31.10.2019
  • 940
5,0 mld kVt•soat ELEKTR ENERGIYASI QAERDA?!

Yaqinda internet sahifalarida O‘zbekiston iste'molchilariga joriy yilda 69 milliard kVt.soat elektr energiyasi zarur bo‘lishi, ishlab chiqarish esa 64 mlrd kVt•soatni tashkil etishi (rasmiy ma'lumot), go‘yoki yetmayotgan 5,0 mlrd. kVt•soat elektr energiyasi Afg‘onistonga eksport qilinayotgani haqida ma'lumotlar (ayrim internet foydalanuvchilarining fikr-mulohazalari) tarqaldi.

  • 24.10.2019
  • 737
OSIYO TARAQQIYOTI BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 22-oktabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ ma'muriy binosining majlislar zalida Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • 22.10.2019
  • 761
NUKUS VA ZARAFSHON SHAHARLARI YAQINIDA SHAMOL ELEKTR STANSIYALARI QURILADI

Bugungi hayotni elektr energiyasiz tasavvur etishning o‘zi mushkul. Elektr ta’minoti ma’lum sabablarga ko‘ra tarmoqdan bir muddat uzilsa, xuddi ish, ta’bir joiz bo‘lsa hayot to‘xtab qolgandek tuyuladi. Biroq 1 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 0,3 m3 tabiiy gaz, o‘rtacha 2,5 kg ko‘mir sarf etilishini ko‘pchilik bilmaydi.

  • 18.10.2019
  • 1065
MARKAZIY OSIYO VA AFG‘ONISTON ENERGETIKLARI TOSHKENTDA

2019-2020-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlari energetiklari oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.

  • 11.10.2019
  • 1344
O‘ZBEKISTON ENERGETIKLARI AFG‘ONISTONDAGI NOSOZLIKLARDAN XAVOTIRDA

O‘zbek xalqida bir dono maqol bor: «Qo‘shning tinch — sen tinch». Bir so‘z bilan aytganda, qo‘shni davlatlardagi tinchlik-farovonlikdan biz ham manfaatdormiz. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida: «Afg‘oniston xavfsizligi — bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir», deya ta’kidlab o‘tgan edi.

  • 10.10.2019
  • 829
«ROSSIYA-24»: O‘ZBEKISTONDAGI ATOM ELEKTR STANSIYASIGA JOY TANLASH JARAYONI HAQIDA FILM

Bir yil oldin O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi atom elektr stantsiyasini qurish bo‘yicha yirik o‘zbek-rus loyihasi boshlagandi.

  • 07.10.2019
  • 984
>