Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi Arsif QFY hududida joylashgan «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220/110/10 kVli «Sokin» podstansiyasida o‘rnatilgan AT-2-125000 kVA quvvatga ega avtotransformatorini «Jahon Banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida quvvati 200000 kVAli yangi hamda zamonaviy avtotransformatorga almashtirish, shu bilan birga, zamonaviy mikroprotsessorli rele himoya jihozlari bilan ta'minlash ishlari yakunlandi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va uning quyi tizimlarida 11 ta oliy ma'lumotli va 2 ta o‘rta maxsus ma'lumotga ega jami, 13 ta yuriskonsultlar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori orqali davlat tashkilotlari yuridik xizmati uchun belgilangan vazifalar bajarib kelinmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati tarkibidagi Podstansiyalardan foydalanish boshqarmasining asosiy vazifalari Jamiyat tasarrufidagi 35-500 kV kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, elektr uskunalari va bino-inshootlarda joriy va mukammal ta'mirlash ishlari bajarilishini tashkillashtirish va nazoratini olib borish, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish, podstansiyalarda ekspluatatsiya qilinayotgan elektr uskunalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, podstansiyalarning estetik holatini talab darajasida saqlash, ishonchliligini oshirish va barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha amaliy ishlarni olib borishdan iborat.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati tarkibidagi Moliyaviy menejment, biznes etika va shaffoflik bo‘limi o‘z nomiga xos va mos faoliyat, ya'ni moliyaviy jarayonlarning shaffofligini ta'minlash, biznes etika qoidalarini joriy etishda ishtirok etish hamda Jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy va moliyaviy yo‘nalishdagi ish faoliyatida ochiqlik-shaffoflik tamoyillarini qo‘llagan holda korrupsiyaga qarshi kurashish kabi vazifalar bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda bo‘lim tarkibida 2 nafar mutaxassis xodim mehnat faoliyati olib bormoqda.
Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27 martdagi PQ-4249-sonli qaroriga asosan «O‘zbekenergo» AJ, «Energosotish» filiali va «O‘zelektrtarmoq» UK negizida o‘z faoliyatini boshladi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi O‘zbekiston Respublikasi yagona elektr energetikasi tizimining elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash rejimlarida uzluksiz tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi, shuningdek, yagona elektr energetikasi tizimining boshqa davlatlar elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorligini ta'minlaydi.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Surxondaryo MET» filiali tasarrufidagi 220/35/6 kVli «Denov» podstansiyasida quvvati 40000 kVA bo‘lgan, 1965-yilda Tolyati transformator zavodida ishlab chiqarilgan T-2 kuch transformatorini yangi 63000 kVA quvvatli kuch transformatorga almashtirish ishlari 25-yanvardan 4-fevralgacha davom etishi belgilangan edi.
Barchamizga ma'lumki, mamlakatimizda o‘tgan 2019-yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish-yili» deb e'lon qilingan edi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2019-yilda investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, aniqrog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirishni kengaytirish orqali elektr energiya iste'molchilarini hamda sanoat korxonalarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli qaroriga asosan «O‘zbekenergo» AJ, «Energosotish» filiali va «O‘zelektrtarmoq» UK negizida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatini boshlagan edi.
«O‘zbekiston MET» AJ markaziy apparati tarkibidagi Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi energetika tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, 500/220 kV li havo tarmoqlarini, xususan qurilish tarmog‘idagi tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni yanada jadallashtirish hamda kapital qurilish ko‘lamini kengaytirish, qurilish uskunalar sifatini zamon talablari darajasiga yetkazish bilan bog‘liq masalalarini hal etishga yo‘naltirilgan dasturlarni amalga oshiradi, shu bilan birga, ushbu amaliyotlarni tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Havo liniyalaridan foydalanish boshqarmasining asosiy vazifalari Jamiyat tasarrufidagi 35-500 kV kuchlanishli havo liniyalarini ta'mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish, shu bilan birga, mavjud liniyalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, elektr liniyalarini ishonchliligini oshirish hamda barqaror ishlashini ta'minlashdan iborat.
«Surxondaryo MET» filiali tasarrufidagi 220/35/6 kVli «Denov» podstansiyasida mavjud quvvati 40 000 kVA bo‘lgan, 1965-yilda Tolyati transformator zavodida ishlab chiqarilgan T-2 kuch transformatori o‘ta yuqori yuklamada ishlashi oqibatida mavjud yuklamani ko‘tara olmayotgan edi. Ushbu trasformator modernizatsiya rejasi asosida almashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda podstansiya hududiga olib kelingan yangi 63 000 kVA quvvatli kuch transformatorga almashtirilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyatining Andijon tumanidagi «Ayrilish» MFY hududida joylashgan «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220 kV li «Yulduz» podstansiyasida mavjud 2 dona 125 MVA quvvatli avtotransformatorlarni «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida quvvati 200 MVAli yangi, zamonaviy avtotransformatorga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil 25-yanvar kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yurituvchi yosh muhandislar hamda tashkilotda ijtimoiy-iqtisodiy, axborot, transport, aloqa va xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi, ya'ni bevosita yuqori kuchlanishli podstansiyalar ish faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lmagan xodimlardan iborat guruh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mirali Komilov boshchiligida Jamiyatda tasarrufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi «Qo‘yliq» podstansiyasiga tashrif buyurishdi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Azamat» sport-sog‘lomlashtirish markazi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan bo‘lib, ushbu markaz davolanish maskani hisoblanadi.
Joriy yilning 14-yanvar sanasidan boshlab ob-havoning keskin sovishi va mamlakatimizning ayrim hududlarida qalin qoplamali qor yog‘ishi munosabati bilan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshdi. Bu, o‘z navbatida, energotizimda muvozanat, ya'ni tizim xavfsizligini saqlash maqsadida ma'lum darajada cheklovlar o‘rnatilishiga sabab bo‘lmoqda.
Ko‘pchilikka ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, Vatanimiz yoshlariga murojaatida «2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi», deya ta'kidlagan edi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Nurafshon» sanatoriyasi yurtimizning eng go‘zal va so‘lim maskanlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, balneologik kurort maskani hisoblanadi. U Farg‘ona shahridan 32 km masofadagi Qatron tog‘ tizimida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, Oltiariqsoy hududida joylashgan.
2020-yil 17-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Isaqulov Dadajon Aynaqulovich Xo‘jayli tumanidagi «Kulob» saylov okrugi qamrovida istiqomat qiladigan fuqarolar bilan ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan energetika sohasini isloh qilish maqsadida «O‘zbekenergo» AJ qayta tashkil etildi. Buning natijasida boshqa turdosh tashkilotlar qatorida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, uning negizida esa «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tashkil topdi.