2020-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus infeksiyasining aholi o‘rtasida keng tarqalib ketishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha OTM talabalari, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga 16 martdan ta'til berildi. Shuningdek...
2020-yil 14–15-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 136-F-sonli «Navro‘z» umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning barcha hududiy filial hamda ijtimoiy muassasalarida o‘tkazilgani kabi markaziy boshqaruv apparatida binosida ham umumxalq hashari tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasidan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha 220 kVli elektr uzatish liniyasi qurish investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar bo‘yicha hisobot.
Yaqinda o‘zbek tilida ish yuritadigan xorijiy nashrlardan birida e'lon qilingan «Namangandan Andijonga elektr tarmog‘i fermerlarning bug‘doyzorini payhon qilish evaziga tortilmoqda» nomli xabarda Andijon viloyat, Ulug‘nor tumanida 45 /nomdagi/ fermer xo‘jaligining bug‘doy ekilgan dalalari bir qismi «To‘raqo‘rg‘on IES»idan (Namangan viloyati) Andijon tumanidagi «Yulduz» podstansiyasiga yuqori kuchlanishli liniya tortish jarayonida /qishloq xo‘jaligi ekinlari/ payhon qilinayotgani;
Avval xabar berganimizdek, 2020-yilning 5-mart kuni Hyatt Regency mehmonxonasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollariga teng bitim imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 34-sonli qarorida davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya qilish, ish yuritishni davlat tilida tashkil etishga shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab berilgan.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining ACWA POWER kompaniyasi bilan imzolagan bitim O‘zbekistonning energetika sohasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi 21658-xx-sonli topshirig‘iga binoan Sirdaryo viloyatida ikkita zamonaviy va yuqori quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasi qurish hamda foydalanishga topshirish belgilab berilgan edi. 2020-yilning 5-mart kuni Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimidagi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining yirik investori ― ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollariga teng bitim imzoladi.
Bugun, 2020-yil 6-mart kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining barcha hududiy filial va tarkibiy muassasalarida o‘tkazilgani kabi markaziy boshqaruv apparati binosida ham «8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan Jamiyatimiz xotin-qizlarini tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mashqda qiyin bo‘lsa, jangda oson bo‘ladi, degan iborani eshitganmisiz? Haq gap! Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quv mashqlarining o‘rni beqiyos. Zero, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasidagi bilim-ko‘nikmalarga egalik — talafotning yarimini asrab qolish garovidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2019-yil 23-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 34-sonli yig‘ilish bayonining 8-bandiga muvofiq vazirlik va idora rahbarlari bittadan maktabni otaliqqa olish to‘g‘risidagi topshiriq berilgan edi. Shuningdek, ushbu majlisda har bir vazirlik va idora-tashkilot rahbarlari o‘zi o‘qigan maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilishi, maktab o‘quvchilariga mahorat darslari o‘tib berishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ ma'muriyati Jahon banki ishtirokida xalqaro ekspert, Gruziya fuqarosi Sulxan Zumburidzeni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maslahatchisi sifatida qisqa muddatli ish faoliyatiga jalb qilgan edi.
Bundan bir necha hafta muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Buyuk Britaniya hukumati hamkorligida mamlakatimizdagi vazirlik va idoralarda mehnat faoliyatini olib borayotgan matbuot kotiblari tajribasini oshirishga qaratilgan amaliy seminar va davra suhbatlari tashkil etilgan edi.
Avval xabar berganimizdek, bugun, 2020-yil 21-fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli «Mari issiqlik stansiyasi» va «Serdar» podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulotda o‘chishi oqibatida Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaygan edi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston energetika tizimida 600 MVt quvvat darajasida cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘lgan edi.
Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabr sanasidan buyon «Turkmenenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelmoqda. Bugun, 2020-yil 21-fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli «Mari issiqlik stansiyasi» va «Serdar» podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulotda o‘chdi. Natijada Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaydi.
Yaqinda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya qismi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengash a'zolari bilan birgalikda «Yoshlarning muammolari va ularning yechimlari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-dekabr sanasidan buyon «Turkmenenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasidan import amaliyoti amalga oshirilmoqda.
Ko‘pchilikka ma'lumki, buyuk bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur 42 yil farqi bilan bir-biriga zamondosh hisoblanadi. «Boburnoma» asarida 1551 kishining ism-shariflari tilga olingan. Ular ichida juda ko‘p tarixiy shaxslar — temuriy hukmdorlar, harbiy amaldorlar, ilm-fan va san'at namoyandalarining tarjimai hollaridan qisqa satrlarda, faoliyatlari bayonida zikr etilgan.
Barchamizga ma'lumki, davlatimiz tomonidan yoshlar masalasiga alohida e'tibor berilmoqda. Yosh kadrlarda vatanparvarlik, yurtga sodiqlik hamda fidoyilik tuyg‘ulari o‘z kasbiga, oilasiga, yaqinlariga mehr-sadoqatdan boshlanadi. Bunday ulug‘ tuyg‘u va tushunchalarning shakllanishida halol va samarali mehnat faoliyatining ahamiyati beqiyos. Zero, mehnat insonni ulug‘laydi, bilim-tajriba orttirishga sababchi bo‘ladi, hayotning turli sinovlariga bardoshli qilib tarbiyalaydi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xoliq Elmurodov tomonidan berilgan topshiriq asosida ishlab chiqilgan ish rejasiga muvofiq «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialida «Jarohatlanishlarning oldini olish va jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish» mavzusi bo‘yicha bir nechta obyektlarda o‘quv seminarlari, amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda «Nurafshon» sihatgohi hamda «Namangan tibbiy sanitariya qismi» shifokorlari faol ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.