«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabr sanasida tasdiqlagan «Jahon banki ishtirokida «Magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3284-son qaroriga muvofiq «O‘zgarish» podstansiyasiga qo‘shimcha yuqori quvvatli avtotransformator o‘rnatish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-sonli «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Jamiyat ishchi-xodimlarni, aniqrog‘i energetika sohasining yetuk mutaxassis-muhandislarini xalqaro ilg‘or texnologiyalar,
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-sonli «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi.
«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020 y.) qabul qilindi.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston-24» telekanali «FAKT» dasturida O‘zbekiston energetika tizimi, xususan elektr energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida lavha efirga uzatildi.
2020-yil — Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili Bugungi kundagi taraqqiyot ko‘p jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. XXI asrda internet tarmog‘i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan «elektron hukumat», «elektron savdo», «raqamli iqtisodiyot» kabi atamalar paydo bo‘ldi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali jami 7 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar (1 ta 500 kVli, 5 ta 220 kVli va 1ta 110 kVli podstansiyalarga) hamda 3 ta 500 kVli, 11 ta 220 kVli, 3 ta 110 kVli, 2 ta 35 kVli va 2 ta 10 kVli elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatadi.
Barchamizga ma'lumki, O‘zbekistonning yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari qo‘shni mamlakatlarning magistral elektr tarmoqlari bilan barqarorlikda ishlaydi. Shuningdek, MDH davlatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari salmog‘ini oshirish, an'anaviy turdagi elektr energiyasi ishlab chiqarishning ekotizimiga salbiy ta'sirini o‘rganish — mintaqa energetiklari tomonidan qizg‘in muhokama etilayotgan mavzulardan biri hisoblanadi.
O‘qituvchi va murabbiylar – yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Qadrli muallimlar! Muhtaram ustozlar! Bugun siz, azizlar bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami arafasida uchrashib turganimdan baxtiyorman.
Dasturda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qancha ulushi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xos ekanligi, quyosh fotoelektr va shamol generatorlari stansiyalarini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, investitsion loyihalar, loyihalarning hududlar kesimidagi qamrovi, muqobil energiya manbalarining yangi turdagi stansiyalari qachon foydalanishga topshirilishi xususidagi ma'lumotlar, shuningdek, «yashil energiya»ning ahamiyati, foydali va murakkab tomonlari, ekotizmga ijobiy ta'siri, istiqboldagi rejalar, energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalari haqida davra suhbati uyushtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati: elektr energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchi energiya manbalari salmog‘ini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, muqobil energiya manbalari tarmog‘i rivojining ahamiyati xususida batafsil ma'lumot.
Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan chegaradosh bo‘lgan yagona davlat qaysi ekanligini bilasizmi? Albatta, O‘zbekiston! Shuning uchun mintaqada uning mavqeyi o‘zgacha. Mamlakatimizdagi taraqqiyot nafaqat Vatanimizning ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun, balki butun Markaziy Osiyo uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bejiz emaski, geografik, demografik va iqtisodiy salohiyati bilan O‘zbekiston «Markaziy Osiyoning yuragi» deb tan olingan.
Bugun dunyo hamjamiyatini birdek xavotirga solib, yakdillik bilan harakat qilishga chorlayotgan koronavirus infeksiyasining sovuq shamoli, ming afsuski, Vatanimizni ham chetlab o‘tmadi. Biroq kasallik kirib kelishining ilk pallasidanoq uning keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yildi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialining elektr energiyasi ta'minotida o‘tkazish quvvati 1175 MVA bo‘lgan 3 dona yuqori kuchlanishli podstansiyalar mavjud. Bular 220 kVli «Sardor», «Obi-Hayot» va «Qizil-Rovot» podstansiyalaridir.
Ayni paytda «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi tomonidan 792,41 kilometr uzunlikka ega 220–500 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, umumiy quvvati 2090,433 ming kVA bo‘lgan jami 5 ta 500–220 kVli podstansiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ekspluatatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-sentabr kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash evaziga tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozor ehtiyojini to‘ldirish bilan bir qatorda mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish imkoniyatiga ega yirik korxonalar soni va quvvatini oshib borishi — Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustivor yo‘nalishdan biri ekanligi barchamizga ma'lum.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mehnat faoliyati olib borayotgan ko‘p ming sonli ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilmoqda.
«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi 2020–2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida ishlab chiqilgan reja-tadbirga ko‘ra belgilangan ishlarni yakunlamoqda. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, «COVID-19» pandemiyasi asoratlari hamda joriy yil bahor-yoz oylarining iqlim injiqliklari barcha soha-tarmoqlar qatorida energetiklar uchun ham sinovli davr bo‘ldi.
Xabaringiz bor, 2020-yil 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6042-son Farmoni e'lon qilindi.