«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020 y.) qabul qilindi.
Havola: https://lex.uz/
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;
• 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari.
Belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari doirasida, jumladan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.
Farmon bilan 29 ta namunaviy tuman (shahar)larda 2020-yilda va 2021-yil I choragi yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.
2020-yil 1-noyabrdan investitsiya loyihalari hamda jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablag‘larining 5 foizdan kam bo‘lmagan qismi "raqamli" komponentlarga yo‘naltiriladi.
Farmonga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Adliya vazirliklari va ular tasarrufidagi tashkilotlarda «Raqamli idora» loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida, jumladan, 2022-yil 1-yanvarga qadar qog‘ozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda barcha ma'muriy tartib-taomillar va operatsion jarayonlar raqamlashtiriladi.
• 2021-yil 1-avgustdan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Manba:
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati: samarali foydalanib kelinayotgan raqamli texnologiyalar va ularning istiqboldagi rejalari
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati