Bugun, 17-mart kuni "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov va Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Sankt-Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori, professor A.N.Nazarichyov o'rtasida magistral elektr tarmoqlari filiallari muhandis-texnik xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda respublika suv ta'minoti, elektr energiyasi yetkazib berish sohalarida joriy yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan tashkil etilgan “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag‘larini sarflash yo‘nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berganimizdek, kecha, 15-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori, professor Aleksandr Nikolayevich Nazarichyov "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ bilan malaka oshirish ishlari bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash maqsadida Toshkentga kelgan edi.
Bugun, 2021-yil 16-mart kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishtirokida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — JICA hamda Yaponiyaning TEPSCO kompaniyasi vakillari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasiga bo'lgan talabi yildan-yilga ortib bormoqda. Buni ta'minlash maqsadida eskirgan podstansiyalar va uzatish tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilab kelinmoqda.
Isaqulov Sardor Dadajonovich O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Markaziy dispetcherlik boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda elektr energiyasi tarmog‘ida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Qashqadaryo viloyatida hamma tarmoqlar bo‘yicha salohiyat yuqori. Sanoat uchun zarur xomashyo resurslari, xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilma, qishloq xo‘jaligi uchun yer-suv va tajriba bor. Shulardan kelib chiqib, to‘qimachilik, qurilish materiallari, kimyo va oziq-ovqat sanoati, turizm, uzumchilik, bog‘dorchilik va chorvachilik asosiy “o‘sish nuqtalari” sifatida belgilab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mutasaddiligidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Energetika vaziri stipendiyasi” ta’sis etildi.
Oliy Majlis Senatining o'n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan "Davlat xaridlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi. Mazkur Qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ochiq va shaffof, samarali va yaxlit tizimni yaratishdan iboratdir.
Bugun, 15-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tasarrufidagi Peterburg energetika malaka oshirish instituti rektori, professor Aleksandr Nikolayevich Nazarichyov "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ bilan malaka oshirish ishlari bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash maqsadida Toshkentga keldi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov Kun.uz'ga bergan intervyusida aholining ASKUE tizimiga doir shikoyatlari yuzasidan batafsil izoh berdi.
Ma'lumki xalqimiz ma'naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o'rgansa va o'z tajribasida qo'llashga arziydigan ko'pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan monitoring yuritadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (PF–6184-son, 09.03.2021-y.)
Joriy yil 9- va 11-mart kunlari «500/220 kVli «Muruntov» podstansiyasini qurish va ikkita 3x167 MVAlik avtotransformatorlarini o‘rnatish» hamda «Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli «Besopan» o‘chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini 500 kVli gabaritda qurish»
Davlat qarzining kelib chiqish sabablari, uning miqdoran oshib yoki kamayib borishi har bir mamlakatning iqtisodiy siyosati, islohotlar qamrovi va dinamikasi bilan uzviy bogʻliq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevral kuni imzolangan PF–6155-son farmoni bilan tasdiqlangan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan ijro uchun qabul qilingan va Jamiyatning 2021-yil chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan.
Prezidentning 4.03.2021 yildagi «Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish» hamda «Buхoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5018-son qarori qabul qilindi.
Zarbdor tumani hududida joylashgan "DNS-2" podstansiyasini 110 kV kuchlanishdan 220 kVga o'zgartirish orqali podstansiya quvvatini 150 MVA (Megavolt amper)ga oshirish ishlari olib borilmoqda.
✅ AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTE'MOLCHILAR! Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma'lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.