“Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (2020-yil 30-oktabrdagi 674-son) qabul qilindi.
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/33
►Qarorga ko‘ra, vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor funksiyalari amalga oshirilayotgan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining quyidagi maʼlumotlari joylashtiriladi:
• ustav fondi;
• davlat ulushi;
• har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari;
• ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari;
• ish o‘rinlari soni;
• korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi.
►2021-yil 1-yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytida iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik muʼlumotlar, shu jumladan, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot joylashtiriladi.
✅ Davlat ishtirokidagi korxonalar quyidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi:
⇒ biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi;
⇒ ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish;
⇒ soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar;
⇒ tashqi qarzdorlik;
⇒ mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar.
Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati