«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialida 2020-yil joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 220/110/10 kVli «Kimyo» podstansiyasidagi AT-1 moy nasoslarini almashtirish ishlari bajarildi. Ushbu podstansiyada «Turon elektromantaj» 5-sonli hududiy bo‘linmasi ishchi-xodimlari tomonidan AT-3 200 000 kilovolt amperli avtotransformatorning kabel kanallarini tayyorlash ishlari tugallandi.
Jismonan va ma'nan eskirgan «PF» turdagi izolyatorlarni yangi «LK-70/120 turdagi izolyatorlarga almashtirish jarayonlari davom ettirilmoqda.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati