«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida:
· uzunligi 762,58 km bo‘lgan 1 ta 500 kV kuchlanishli;
· 17 ta 220 kV kuchlanishli havo liniyalari mavjud.
Shundan, yuqori kuchlanishli havo liniyalari:
· 82 km — 500 kV li;
· 680,58 km — 220 kV li
uzunlikka ega.
Shuningdek,
· 1 ta 500 kVli;
· 9 ta 220 kVli
podstansiyalar mavjud.
500 kVli «Qorako‘l» va 220 kVli «Turon», «Quyi-Mozor», «Buxoro», «Qorovulbozor», «Davlatobod», «Hamza-2», «Hamza-3», «Neftezavod», «Qizil» nomli podstansiyalar orqali elektr energiyasi hududiy elektr tarmoq korxonalari tasarrufiga yetkazib beriladi.
Bugungi kunda 220 kVli «Buxoro» podstansiyasida 125 mVA quvvatli T-2 transformatori 200 mVA quvvatli transformatorga almashtirilmoqda. Modernizatsiya rejasi asosida «4-sonli montaj boshqarmasi» xodimlari tomonidan o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
220 kVli «Buxoro» podstansiyasi modernizatsiya dasturi bo‘yicha elegaz o‘chirgichi o‘rnatilib, to‘liq tugatildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati