“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 220 kV kuchlanishli “Yangi Andijon” podstansiyasi qurilmoqda. Podstansiya joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Esimda, o‘quvchilik yillarim qishda sinf xonamizning pechkasi ertalab faqat bir marta yoqilardi. Uyimiz ham atigi ikki mahal isitilar va shu iliq harorat tafti biz uchun yetarli edi. Ta'lim olish, kundalik turmush ishlari o‘z maromida davom etaverardi.
Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiya (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan. Xususan:
Fuqarolarning murojaatlari va tanqidiy materiallarga bepisand munosabatda bo‘layotgan, bu boradagi qonun talablarini buzayotgan mutasaddi tashkilotlar ham oz emas. Afsuski, bu og‘riqli nuqtamizdir. «Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalari 2022-yilda 236 ta tanqidiy materialni ko‘rib chiqib, munosabat bildirish uchun tegishli hokimlik, vazirlik va tashkilotlarga yubordi.
Bu – maishiy chiqindi gazidan (metan) elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona majmua bo‘ladi. Unga Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi 55 mln dollar investitsiya kiritadi. Loyiha 2018 yilda tasdiqlangan edi.
2023-yilning boshida O‘zbekiston Respublikasining aholisi 36,0 million kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 753,6 ming kishi (2,1%) ko‘p demakdir. Aholining bunday o‘sishi asosan o‘lim darajasining nisbatan pastligi va tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan bog‘liq. 2022-yilda 932,2 ming go‘dak dunyoga kelgan.
Energiya resurslaridan maqsadli va tejab-tergab foydalanishning qanchalik ahamiyatli ekanligini barchamiz yaxshi bilsak-da, yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq kunlarida buni yana ham teranroq angladik.
Bugun O‘zbekistonda shaharsozlik qay ahvolga kelib qoldi? Kun.uz'ning #Boricha podkastida shaharsoz Temurbek Ahmedov, energetika mutaxassisi Sarvar Qurbonov, ekofaol Nodira Olimova va jurnalist Bobur Akmalov shaharsozlikda nima qilish va nima qilmaslik kerakligi haqida, Toshkent shahri misolida so‘z yuritadi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali O‘zbekiston fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Hakimjon Murodov ishtirokida «Energetika sohasidagi muammolar kelgusi yil takrorlanmasligiga kafolat bormi?» mavzusida ovozli chat bo‘lib o‘tdi.
Maʼmuriy islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi (25.01.2023-yildagi PF-14).
— O‘zbekiston energetika vazirligi va "Gazprom" o‘rtasida gaz sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ning imzolangani ijtimoiy tarmoqlar faollari va jamoatchilikda savollarni uyg‘otdi.
Qish o‘z nomi bilan qish. Qishda hamisha sovuq bo‘lgan, qor yoqqan. Ammo o‘zimizni O‘zbekistonda birinchi bor qish bo‘layotgandek tutyapmiz. Havo haroroti tushib ketishini bilib, darhol unga anomal sovuq deb nom ham berdik. Barcha ayblarni shu anomal sovuqqa ag‘darib yubordik. Muammoni hal qilishni, uni keltirib chiqargan sabablarni topishni emas, eng oson yo‘li – gunohni kimgadir yoki nimagadir to‘nkashga shoshamiz.
O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq oqibatida energiya ta’minotida kollaps yuz berdi. Butun mamlakat bo‘ylab uzilishlar kuzatildi. Holatni yaxshilash bo‘yicha 19-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident yig‘ilishdan so‘ng gidroenergetika tarmog‘idagi rejalar taqdimoti bilan ham tanishgan edi. Unda mamlakat bo‘ylab kichik GESlarni qurish ishlari boshlangani va bu kelgusida gidroenergetika samaradorligini bir necha baravarga oshirishi ta’kidlangandi.
Anomal sovuq sharoitida O‘zbekistonda kommunal xizmatlar ishida ro‘y bergan inqirozdan so‘ng energetika sohasini takomillashtirish, energiya olishning muqobil manbalarini topish va qo‘llash yana munozaralar mavzusiga aylandi.
Elektr ta'minoti tizimidagi bunday uzilishlar sabablarini o‘rganish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining elektr energiyasi yetkazib berish, energiya tizimining barqarorligini saqlash, shuningdek, elektr ta'minoti tizimidagi muvozanat va xavfsizlikni sozlash bilan shug‘ullanuvchi “Call-markaz”ga qo‘ng‘iroq qildik. Dastlab qo‘ng‘irog‘imizni robot-operator qabul qilgan bo‘lsa kerak, u “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ haqida o‘zbek va rus tillarida qisqacha ma'lumot berdi. Shundan so‘ng robot, agar abonentlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha taklif, shikoyat yoki arizalar bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Call-markaz”ning 11-54 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat berdi.
Xabaringiz bor, O‘zbekistonda yanvar oyi boshida anomal sovuq havo oqimi kirib keldi va kunlar -20—25 darajagacha sovidi. Bu esa qish mavsumiga tayyor bo‘lmagan O‘zbekistonni, xususan Toshkent shahri masʼullarini ham dovdiratib qo‘ydi. Xo‘sh, anomal sovuq paytida elektr energiyadagi uzilishlar va tabiiy gaz yetishmovchiligi bilan yuzlashgan o‘zbekistonliklar sovuqda qanday isindi? “Daryo” Toshkent shahri hamda viloyatlarda yashovchi jamoatchilik faollari — jurnalist va blogerlar bilan suhbatlashib, anomal sovuq paytida xonadonida qanday isingani bilan qiziqdi.
Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov o‘tkazgan selektorda aytib o‘tildi. Hukumat elektr tarmoqlarining quvvatini oshirish, gaz infratuzilmasini ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha 2023-yilgi maqsadlarini belgilab oldi.
Prezident topshirig‘iga asosan, bosh vazir Abdulla Aripov raisligida qattiq sovuq sharoitida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Energetika vazirligi va tizim tashkilotlarida stajirovkasini tashkil etish maqsadida yosh mutaxassislarni tanlash dasturi tasdiqlangan.
Toshkentliklar poytaxtning so‘nggi ayozli kunlardagi og‘ir ahvoli viloyatlar aholisi uchun odatiy ekani haqida ko‘p eshitdi. «Gazeta.uz» O‘zbekiston hududlari aholisi bilan suhbatlashib, bu yilgi qish avvalgilaridan nimasi bilan farq qilayotgani, gaz, «svet» va transport muammolari haqida so‘radi.