Biz ezgu maqsadlarga yuragi to‘lib-toshgan xalqmiz! Ko‘nglimizdagi orzu-niyatlarimizga qarang — o‘ta sof, o‘ta shaffof, shu bois, ular mutlaq soyasiz.
Hozir butun dunyoda, hatto rivojlangan davlatlarda ham gaz va elektr energiyasi ta’minotida jiddiy muammolar ro‘y bermoqda. Vaziyat murakkab. Mamlakatimizda energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgani yo‘q, bu uzoq yillardan beri kelayotgan masala.
Qaror va ijro O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi qarori asosida tashkil etilgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 14 filial faoliyat yuritadi.
⚡️ «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari, «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali mas'ul xodimlari Investitsiya dasturiga muvofiq modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari olib borilgan yuqori kuchlanishli podstansiyaning mamlakatimiz elektr energetika tarmog‘idagi o‘rni, Toshkent shahri va Toshkent viloyati iste'molchilari, sanoat korxonalari va kichik va o‘rta biznes vakillari faoliyatiga xizmat qilishi tushintirib berildi.
20 noyabr kuni Andijon shahrining 3-kichik dahasidagi ko‘p qavatli uylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon yetib borgan. Yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uylarning 400 metr kvadrat tom qismi zararlangan.
Savollar ko‘p, tayinli javob yo‘q Keyingi paytlarda Jomboy tumanidagi Polvonariq, Qo‘lbo‘sti, Naymantepa, Juriyat, Sarichashma, Sherqo‘rg‘on fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi elektr toki uzilishlaridan ko‘p jabr chekmoqda. Masalan, 24-26-oktabr kunlari «Naymantepa» fuqarolar yig‘iniga qarashli aholi punktlarida soat 19 dan 20.30 gacha elektr ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan bo‘lsa, 27-oktabrdan 28-oktabrga o‘tar kechasi butunlay o‘chirildi.
Ayni paytda joylarda elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu holat nafaqat olis qishloq-ovullarda, balki tuman va viloyat markazlarida ham tez-tez takrorlanmoqda. Energetika vazirligi izoh berishicha, bunga kunlar keskin sovib ketgani, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalarga belgilangan hajmdan kam miqdorda tabiiy gaz yetib borayotgani sabab bo‘lmoqda. Ayni izoh har yili bir xil takrorlanadi, shunday emasmi? Holat ham, sabablar ham, va'dalar ham bir xil...
2022-yil I yarim yilligi yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzining 25,8 foizi yoki 6,0 mlrd. AQSh dollari davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga, 11,8 foizi yoki 2,7 mlrd. AQSh dollari elektr-energetika sohasiga, 12,8 foizi yoki 3,0 mlrd. AQSh dollari energetika sohasiga, 10,6 foizi yoki 2,5 mlrd. AQSh dollari transport va transport infratuzilmasiga, 10,4 foizi yoki 2,4 mlrd. AQSh dollari qishloq va suv xo‘jaligiga, 9,5 foizi yoki 2,2 mlrd. AQSh dollari uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek saqlaganlar. Bugun BMT binosida unga a’zo bo‘lgan 193 mustaqil davlat qatori O‘zbekistonning ham bayrog‘i hilpirab turibdi. Aslida har bir bayroqning o‘z tarixi, u mansub bo‘lgan yurt suvratiyu siyratiga monand qiyofasi bor.
2022 yilgi davlat dasturidagi energetika sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga oid band bajarilmagani ma’lum bo‘ldi. Senatorlar Energetika vazirligidan aholi toksizlikdan qiynalayotgani va bu borada nimalar qilinayotgani haqida so‘radi. Ma’lum qilinishicha, elektr energiyasi va tabiiy gazga oid qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Blekaut xavfi tufayli O‘zbekistonda elektr ta’minotida cheklovlar o‘rnatishga to‘g‘ri kelmoqda. Hali qattiq sovuq tushmay turib, joylarda soatlab “svet” o‘cha boshladi. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev 16-noyabr kungi matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.
BMTning Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘zini-o‘zi qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali enetgiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etildi.
Bu haqda Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishga oid Farmon mazmuni yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbiri.
So‘nggi vaqtda respublikaning turli hududlarida energiya ta’minotida uzoq muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda og‘ir ahvoldagi bemorlar davolanayotgan shifoxona, davlat xizmatlari markazlari, banklar, mahalliy hokimliklar elektrsiz qolgani haqida xabarlar bor. Jamoatchilik faollari avvalgi yillardan farqli ravishda hali izg‘irin sovuq boshlanmay turib energiya ta’minotida jiddiy muammolar kuzatilayotganidan xavotirga tushishmoqda.
Prezident farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Ushbu sho‘ba yangidan tuzilgan bo‘lib, Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas'ul o‘rinbosari tizimi tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyani yetkazib berishni vaqtinchalik to‘xtatdi.
Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlariga IESlarning yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq og‘ir holat vujudga kelgani haqida xat chiqardi. Xatda blekaut yuzaga kelmasligi uchun soatlik elektr energiyasi iste’moli topshirig‘ini qat’iy ravishda bajarish so‘ralgan.
Energetika vazirligi aholini elektr va gaz ta’minotidagi muammolarni to‘g‘ri tushunishga chaqirgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib borayotgani, shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilayotganini ma’lum qildi.
“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali barcha tizim tashkilotlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimlari va faollarini 11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.