O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Koreya—O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon va Navoiy viloyat hokimligining investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Elbek G‘afforov o‘rtasida videoaloqa vositasidagi muzokaralari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Muzlab qolishiga oz qolgan besh kunlik bolakay tushirilgan videodan tortib ijtimoiy tarmoqlar orqali “svet”siz, gazsiz qiynalayotgan, ko‘p qavatli binolar oldida olov yoqqan aholi, sovuqdan qaqshayotgan nogironlar, keksalarning murojaatlari poytaxtimizning 2023-yil boshidagi haqiqiy tasvirlari, desak to‘g‘riroq bo‘ladi.
Dunyo tarixda birinchi marta jiddiy energetika inqiroziga duch keldi, ammo bu toza energiya rivojlanishiga jiddiy turtki berdi. Bu haqda Xalqaro energetika agentligi (IEA) ijrochi direktori Fotih Birolga tayanib, “TASS” xabar berdi.
O‘zbekistonda muhokama uchun Axborot kodeksi loyihasi e'lon qilindi. Bunday kodeksning qabul qilinishi mamlakat jurnalist va blogerlari uchun nimani anglatadi? Jurnalistlar hamjamiyatining ushbu hujjatga munosabati qanday?
Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda Toshkentda ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni oshib ketganini tanqid qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻzbekiston tuman boʻlimi tomonidan viloyat ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.a.” MCHJ rahbari M.A. korxonaning Uchkoʻprik tumanidagi yordamchi xoʻjaligida goʻyoki kompyuter texnikalarini taʼmirlash sexini tashkil etib, amalda 179 dona ”Antminer” mayning qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, 794,7 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Birlashgan Arab Amirliklari Masdar kompaniyasining Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi PFI Awards tomonidan Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi deb topildi.
Qishning ayozli kunlarida muzlab qolmaslik va ziyon ko‘rmaslik bo‘yicha tavsiyalarimizni berishda davom etamiz. Agar ko‘chaga chiqishingizga to‘g‘ri kelsa, ushbularni unutmang: havoga qarab kiyinish, bosh kiyimsiz yurmaslik, qulay oyoq kiyimda bo‘lish, albatta ovqatlanib olish, o‘zingiz bilan termosda issiq choy olib yurish. Yana ba'zi tavsiyalar bilan #infografikada tanishasiz.
Hurmatli vatandoshlar, gaz jihozlaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilishingizni so‘raymiz:
Prezidentimizning 2022-yil 30-dekabrda “Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-464-son qarori imzolandi.
Gidrometeorologiya xizmati tomonidan 9-15 yanvar kunlari yurtimizga Boltiqbo‘yi hududlaridan anomal sovuq kelishi haqida xabar berilganiga ham bir hafta bo‘ldi
Oʻzbekistonda 2022-yilning 11 oyi davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan 58,4 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Navroʻz Norboboyevga tayanib, OʻzA xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 dekabrdagi “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) tadqiqotchilari elektr energetikasi tizimini isloh qilish borasida Keniyada amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.2002-2008-yillarda Keniya iqtisodiyotida rivojlanish bilan bir qatorda energiyaga bo‘lgan talab o‘rtacha 7 foizga oshgan. Mamlakatning energetika tizimi esa bu talabni qondira olmasdi. Bu holat energetika tizimida islohotlar zarurligidan dalolat berardi.
Bugungi kunda energiya tejamkorlik masalasi barcha davlatlarda dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Energiya resurslarini tejash, ulardan foydalanish samadorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilinmoqda, qator hujjatlar imzolanmoqda, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
“Angren” va “Yangi Angren” IESlari ishonchli boshqaruvga berilishi ortidan o‘tgan uch yilda qariyb 1,5 trln so‘mlik zarar ko‘rdi. Rossiyadan karrasiga qimmat ko‘mir import qilingan. Oxir-oqibat shaharda odamlar sovuq kunlari oylab issiqliksiz qoldi. Davlat asosiy mulkini “ishonchli boshqaruvchi”dan qaytarib olishga shoshilmayapti.
Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “MAROQAND SIFAT TEKSTIL” MChJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda foydalanilgan elektr energiyasi sun’iy ravishda pasaytirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob kilib kelinayotganligi aniqlandi.
Qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida Energetika vaziri boshchiligidagi ishchi guruh (Ichki ishlar va Prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda) tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Toshkent viloyatida joylashgan AGTKSH tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida elektr energiyasiga noqonuniy ulanib, katta miqdordagi elektrni talon-toroj qilganlik holati aniqlandi.
Ayni qish chillasida yangi muammolarni ko‘ndalang qo‘ymoqda Zukko mushtariy darhol tushunib yetdi, deb o‘ylayman. Necha yillardirki, shiddatkor fasl — qish oldimizga issiqlik ta'minoti bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.