O‘zbekiston “Rosatom” bilan AES qurish masalasini muhokama qilishda davom etmoqda va parallel ravishda kichik atom reaktorlari sohasidagi yutuqlarni o‘rganmoqda. “AES qurish davlat uchun juda jiddiy majburiyatdir. Biz har qanday xavfni bartaraf etishimiz kerak”, — dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek O‘runov yuqori kuchlanishli elektr tarmoq va podstansiyalarda olib borilgan ta’mirlash-sozlash ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.
2023-yil sentabrigacha O‘zbekistonda energetikani rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur taqdim etiladi. Unda gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish hamda ijtimoiy iste’mol normalarini joriy etish nazarda tutiladi, deya ma’lum qildi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev.
Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashil Energiya” MCHJ tomonidan respublika hududlari bo‘ylab ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda boshlandi.
Joriy yilning 11-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Ma’lumki, yozgi melioratsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligidagi sug‘orish mavsumida Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborida to‘plangan suvlarni sarflash jarayonida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti 2018 yildan buyon mavjud bo‘lib, bu mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.
Bugun, 17-may kuni Samarqandda YETTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida "Markaziy Osiyo: barqaror energiya yo‘lida" mavzuida yalpi majlis o‘tkazildi.
Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali faoliyati bilan bog‘liq gap-so‘zlar “bolalab” qoldi.
2023-yilning 18-20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Ikkinchi xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ o‘rtasida “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi doirasida birlamchi elektr qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha qiymati 9,5 mln AQSH dollar bo‘lgan shartnoma imzolandi.
Bugun, 3 may kuni Dushanbeda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Bu haqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ axborot xizmati xabar qilmoqda.
Germaniyaning Siemens kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida issiqlik elektr stansiyalari qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Kun.uz muxbirining Berlindan xabar berishicha, bu haqda 2-may kuni Germaniya–O‘zbekiston biznes forumida ma’lum qilingan.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 26-aprel kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasidagi yangi imkoniyatlarni sanab o‘tdi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Xitoy Xalq Respublikasining “Energy China Overseas Investment Division China Gezhouba Group Overseas Investment Co.,Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan 158 ta shamol turbinalari o‘rnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Bugun, 2023-yil 27-aprel sanasida daryo.uz axborot nashrida «“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” yil boshidan beri 846 mlrd so‘m zarar ko‘rdi» sarlavhali xabar e'lon qilingan edi.
Joriy yilning 24-26-aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma majmuasida “Innoprom. Markaziy Osiyo” uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 25-aprel kuni O‘zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ko‘rgazma doirasida Tatariston Respublikasining qator yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.