Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Sharof Rashidov tumani, “Yangi diyor” MFYda joylashgan “M. S.” fermer xoʻjaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Bugun, 15-avgust kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
Korxonaning 8-sonli energoblokida tasdiqlangan rejaga asosan mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va “Hududgazta’minot” AJ bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.A. tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
#munosabat Bugun ijtimoiy tarmoqda “Quyosh panellari uchun yagona identifikator generatsiya boʻlishi kerak” sarlavhali post eʼlon qilindi. Unda muallif “Yashil energiya” axborot tizimining real voqelikni aks ettirishini shubha ostiga olgan.
Buxoro shahrida 11-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini saqlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Buxoroga yoki Navoiyga suv yetkazib berishimiz uchun Samarqanddan olib borishimiz kerak. Qancha elektr energiyasi va boshqa resurslar ketadi? Masalan, suv uchun iste'molchidan 100 so‘m olsak, shuning 30-40 so‘mini elektr energiyasiga to‘laymiz. Chunki uzoq hududlarga suv yetkazib berish uchun kuchli bosimda ishlay oladigan nasoslar kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori Kamoliddin Qodirov hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori Dilshod Qodirov ishtirokida ovozli chat bo‘lib o‘tdi.
Kompaniyaning 2023-yil uchun tasdiqlangan biznes rejasida ham yilning zarar bilan yakunlanishi nazarda tutilgan. Bu elektr energiyasi qimmat narhda xarid qilinib, arzon sotilayotgani bilan izohlanmoqda. 2022-yilda har bir kW.soatdan 39,4 so‘mdan zarar ko‘rilgan.
Suhbatdoshimizni energetika sohasining bir vakili, ya’ni tashkilot matbuot kotibi sifatida tahririyatimizga ko‘p bora taklif qilganmiz. U bilan soha va tarmoqdagi muhim masalalarni yoritishga harakat qilganmiz. Bugungi suhbatimiz esa tamomila boshqa yo‘nalishda. Bu safar ma’naviyat masalasi, jamiyatning ma’naviy hayotidagi ayrim yutuq va kamchiliklarni tahlil etishga jazm qildik.
Dushanba kuni AQShning sharqiy qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron 1 milliondan ortiq odamni elektrsiz qoldirdi.
Eng katta moliyaviy zarar bilan ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” birinchi bo‘ldi, kompaniya 2022-yilni 4,34 trln so‘m zarar bilan yakunlagan. O‘tgan yilda NKMK – 15,4 trln so‘m, OKMK – 6,67 trln so‘m sof foyda ko‘rgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “F.Y.” XUJMSH va “O.K.” MCHJ mas’ul shaxslari hududdagi 10 ta ko‘p qavatli uyga o‘rnatilgan lift hamda ko‘cha yoritish chiroqlarini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 908,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.
Xorijdan quyosh fotoelektr tizimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish, mamlakat hududiga olib kirish, xaridorlarga yetkazib hamda o‘rnatib berish, shuningdek, ularga servis xizmatlari ko‘rsatishda ham hyech bir tadbirkorlik sub'ektiga cheklov qo‘yilmagan. Ya'ni aholi vakillari, tadbirkorlar o‘zlari istagan tadbirkorlik sub'ekti bilan shartnoma imzolab, o‘z hududiga quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatishi mumkin.
Hukumat mamlakatda elektr energiyasidan umumiy foydalanish uchun elektr stansiyalariga sarmoya kiritmoqda. O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida beshta yangi GES quriladi va bularning umumiy qiymati yalpi ichki mahsulotning 0,2 foizini tashkil etadi. Iyun oyida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida yalpi ichki mahsulotning 14,9 foizini tashkil etadigan sarmoyaviy va savdo shartnomalari imzolandi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2023 yil yanvar-iyun oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 35 milliard kilovatt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,4 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 106,1 foizdir.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari ishtirokida Ulug‘bek O‘runov ma'lum qildi.
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, “Gʻayrat” MFYda fuqaro Sh.E. tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Iyul oyida quyosh panellari sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq yuzlab tender savdolari o‘tkazildi. Ularning ayrimlarida boshqa sohalarga ixtisoslashgan, quyosh paneli o‘rnatish tajribasi bor-yo‘qligi noma’lum firmalar g‘olib deb topilgan. Aynan panellar borasida tajribaga ega kompaniyalar esa ulardan arzonroq narx taklif qilgan bo‘lsa-da, tenderni yuta olmagan.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida mamlakat jamoat transportini “elektrobus va elektromobillar” bilan yangilash taklif etilgan. Shuningdek, jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish nazarda tutilgan. Hujjatda elektrda harakatlanuvchi transportlarning boshqa turlari keltirilmagan.