OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga berish talabi bekor qilinadi

“Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–419-son, 10.11.2022 y.) qabul qilindi

  • 25.04.2023
  • 295
gazeta.uz — O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda gaz va ko‘mir qazib olish pasayishda davom etmoqda

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga, mart oyida esa 12,9 foizga qisqardi. Uch oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 foizga kamaydi. Ko‘mir qazib olish hajmi ham pasaydi.

  • 22.04.2023
  • 265
Energetika vaziri va Xitoy kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17-aprel kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xitoyning “State grid - CET” kompaniyasi prezidenti Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • 20.04.2023
  • 268
Shirin shahrida “O‘zbekiston yoshlari forumi” bo‘lib o‘tadi

Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi hamkorligida joriy yilning 20-aprel kuni Shirin shahrida “O‘zbekiston yoshlar forumi” tashkil etiladi.

  • 19.04.2023
  • 209
daryo.uz — “Butun tizim qulashi mumkin, ammo yechimlar mavjud”: AQSH O‘zbekiston energetika tizimi ustidan tadqiqot olib bordi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Energetika Assotsiatsiyasi O‘zbekistonda energetika tizimining barqarorligi va ishonchliligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. “Daryo” ushbu maqolani e’tiboringizga taqdim qiladi.

  • 17.04.2023
  • 282
minenergy.uz — Qoraqalpog‘istonda 200 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tenderning ikkinchi bosqichi boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamoldan elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimi (akkumulator) loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlash bo‘yicha tenderning Takliflar so‘rovi (RFP) bosqichi boshlandi.

  • 11.04.2023
  • 400
kun.uz — Qish tugab, go‘yo unutilgan muammo: Energetika krizisi takrorlanmasligi uchun nima qilish kerak?

Energetika sohasi bo‘yicha ekspert Ravshan Xo‘janov Kun.uzʼga taqdim etgan maqolasida O‘zbekistonda energiya bozorini liberallashtirish, sohaga xususiy investorlarni jalb qilish va tarif siyosati bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

  • 11.04.2023
  • 207
OAV: «Yanvar oyida inflyatsiya kutilmalari 18,7-18,9% gacha ko‘tarildi. Bu 2020-yil iyulidan beri bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich»

O‘zbekistonda joriy oyda energetika inqirozi yuz berdi, elektr energiyasi va gaz ta'minotidagi uzilishlar, qator korxonalar faoliyati to‘xtab qolishi va sanoat ishlab chiqarishining qisqarishi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning kamayishi kuzatildi.Bu mamlakatda pandemiyaning eng yuqori cho‘qqisi kuzatilgan va noaniqliklar kuchaygan 2020-yil iyul oyidan beri kutilayotgan inflyasiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi bo‘ldi (aholi kutilmalari — 19,7 foiz, tadbirkorlik — 20,1 foiz). Keyinchalik kutilmalar va rasmiy inflyasiya (14,4%) o‘rtasidagi farq 5,3-5,7% ga yetdi.

  • 11.04.2023
  • 286
Vodiy viloyatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli tarmoqlar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” podstansiyasini bog‘lovchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

  • 07.04.2023
  • 187
AOKAda AQShlik ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha ekspert Bob Jensen matbuot kotiblari uchun mahorat darslari o‘tkazmoqda

Bugun axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, inqirozli kommunikatsiya, dezinformatsiya va feyk xabarlarga qarshi kurashish, qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish” mavzusidagi uch kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.

  • 04.04.2023
  • 274
OAV: “O‘zbekiston suv omborlaridagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib borish va baholash tizimi joriy etiladi”

O‘zbekistonda 2024-yil yakuniga qadar “Gidroenergetika sohasini raqamli transformatsiya qilish” loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident Qarorida belgilandi.

  • 04.04.2023
  • 187
ОАV: "80 yildan buyon “svet” bormagan “Vochax” qishlog‘i. Aholi qachon televizor ko‘ra oladi? (video)"

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Vochax” qishlog‘iga 80 yildan beri “svet” yetib bormagan. Tug‘ilganidan buyon elektr “nur”ini ko‘rmagan qishloq bolalari esa haligacha moychiroqlardan foydalanib, dars qiladi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali ma’lum qilindi.

  • 31.03.2023
  • 214
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati

Ro‘yxatga “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta'minot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston MET” AJ, “O‘zbektelekom” AK, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zmilliybank” AJ kabi yirik tashkilotlar tizimiga kiruvchi korxonalar kiritilgan.

  • 29.03.2023
  • 288
ОАV: O‘zbekistonda aholi uchun «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini 2023 yilda oshirish rejalashtirilmagan. «Lekin bu mazkur masalani muhokama qilmayapmiz degani emas. Turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz, ijtimoiy normalar muhokama qilinyapti», — dedi vazir o‘rinbosari.

  • 29.03.2023
  • 715
Jizzax viloyatida quvvati 1000 MVtgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi

Bugun, 28-mart kuni Jizzax viloyatida quvvati 1000 MVtgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Xitoyning “China Huadian Overseas Investments”, “CNEEC” (China National Electric Engineering Company) va “SANY Renewable Energy” kompaniyalari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

  • 29.03.2023
  • 323
Davlat xaridlari sohasida 2023-yilning fevral oyida o‘tkazilgan monitoring va tahlil natijalari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan byudjet buyurtmachilari tomonidan maxsus axborot portallari orqali amalga oshirilayotgan davlat xaridlariga oid eʼlonlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

  • 28.03.2023
  • 286
ОАV: Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin

O‘zbekiston va Turkmanistonning suv va energetika xavfsizligi xavf ostida bo‘lishi mumkin, chunki ikki davlat chegarasidagi suv ombori 2040-yilga borib to‘liq loyqalanishi mumkin. Tegishli ma’lumot Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) tomonidan e’lon qilindi.

  • 28.03.2023
  • 308
ОАV: O‘zbekistonda gibrid avtomobillarga ham elektromobillarniki kabi raqam beriladi

O‘zbekistonda gibrid avtomobillar uchun elektromobillarniki kabi davlat raqamlari berishga qaror qilindi.

  • 28.03.2023
  • 250
minenergy.uz — Namangan viloyati iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli podstansiya modernizatsiya qilinmoqda

Namangan viloyati iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida investitsiya dasturi doirasida Namangan magistral elektr tarmoqlari filiali tomonidan Davlatobod tumanidagi 220 kVli “Sardor” podstansiyasi modernizatsiya qilinmoqda.

  • 27.03.2023
  • 231
Andijon viloyati isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida yangi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i va podstansiya qurilmoqda

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i va yuqori kuchlanishli podstansiya qurilmoqda.

  • 25.03.2023
  • 213
>