Keyingi kunlarda Qashqadaryo viloyatida ham elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda. Albatta ushbu holat keng jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Poytaxtdagi hududlar navbatma-navbat chiroqsiz qolishda davom etmoqda. Buni mas'ullar turli sabablar bilan izohlashmoqda. Lekin biron joyda transformatorlar yangilanayotgani yoki qo‘shimcha o‘rnatilayotgani haqida quvonchli gap-so‘zlar bo‘layotgani yo‘q. Xo‘p, borining quvvatini, ishga yaroqliligini anomal sovuq uchun asrab qo‘yayotgan bo‘lsak, yozda odamlar har qanday holatda chidab yashasa bo‘laveradimi?
Keyingi kunlarda Qashqadaryo viloyatida ham elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda. Albatta ushbu holat keng jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023-yil 2-avgust soat 00:00dan 3-avgust soat 22:00 gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.
Navoiy viloyatida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan oilaviy korxona aniqlangan. Qo‘lga olingan oilaviy korxona egasi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 984 mln so‘m zarar yetkazgan.
Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida davlat–xususiy sheriklik tamoyili asosida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik stansiyasi qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlanmoqda.
Ozarbayjonda safarda bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati “AzerEnergy” OAJning elektr stansiyalari, podstansiyalari, laboratoriya, o‘quv markazi va raqamli boshqaruv markazida bo‘lib, qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.
«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasida AT-1-220 kV avtotransformator gaz himoyasidan avariyaviy o‘chgani sababli, sozlash-sinash ishlarini olib borish zaruriyati tufayli bugun yarim kechasi, ya'ni 2023 yil 28 iyul sanasi soat 00:00 dan tonggi 06:00 gacha AT-1 transformatorini ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Biz Angliyada energiya taqchilligi o‘sib borayotgani haqidagi xabarlarga o‘rganib qolganmiz, ammo ajablanarlisi shundaki, Qo‘shma Shtatlardan raqamlar bilan yangiliklar kamroq keladi va bugungi kunda u yerda vaziyat umuman yaxshi emas.
«Ishonch» gazetasining 2022-yil 12-aprel sonida mutaxassis Yusup Kamalov bilan suhbat («Shamoldan nur»)ni o‘qib, bundan rosa o‘ttiz bir yil muqaddam ayni mavzuda yozganim yodimga tushdi. Uni o‘sha davrda chiqib turgan «Muloqot» jurnali (1991, №4) nimagadir ayovsiz qisqartirib, ikki abzats hajmida chop etgan edi. U zamonda yurtimiz endi mustaqil bo‘lgan, iqtisodiy qiyinchiliklar avjida edi, shuning uchun ham maqoladagi taklif va mulohazalar deyarli hyech kimning nazariga tushmadi. Ekologiyaga ziyon yetkazmagan holda energiya olish eng muhim muammoga aylangan hozirgi paytda unga sal-pal qalam tekkizgan holda siz, azizlarga ilindim.
Pokiston hukumati mamlakatda 1 kVt·soat elektr energiyasi narxini 5,75 PKRga (kVt·soati 2 AQSH senti) oshirishga ruxsat berdi, bu esa 19 foiz oshganini bildiradi.
Qirg‘izistonda elektr energiyasi taqchilligi sababli uch yil muddatga energetika sohasida favqulodda holat joriy etiladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun "Hududiy elektr tarmoqlari" Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali’da “«Svet» yo‘q! Kim aybdor?” nomli maqola e'lon qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–856, 17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi yangi rahbari, janob Andi Aranitasining tayinlovi munosabati bilan mazkur bankning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Zsuzsanna Hargitai xonim boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Hamdo‘stlik davlatlari energiya sarmoyadorlari va tartibga soluvchilarga ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish va elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli sxemalarni sinxronlashtirishda yordam bermoqchi. Mexanizmlar sifatida ular CVAMni joriy etish, CO2 emissiyasi kvotalari va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun yashil sertifikatlar savdosi uchun end-to-end tizimini yaratishni muhokama qilmoqdalar.
Savolning javobi faqat ta'minotchilarga emas, iste'molchilarga ham bog‘liqligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filialida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayta-qayta ta'kidlandi.
Faqat barchani bitta savol qiynaydi. Avval qish mavsumida elektrda uzilish bo‘lardi, nega hozir yoz faslida ham joylarda elekt energiyasida ko‘p uzilishlar kuzatilmoqda? – Bunga asosiy sabablardan biri — mahallalardagi daraxtlarning elektr uzatish liniyalariga tegib, simlarning uzilishi, elektr energiyasining yo‘qotilishi, – deydi Hududiy elektr tarmoqlariAJ Samarqand filiali direktori Umid Nazarov. – Albatta, buni oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Sirdaryolik Ravshan Xo‘janov uzoq yillardan beri energetika sohasida faoliyat yuritadi. U 2007-yildan beri Germaniyada yashab kelmoqda. Mutaxassis qanday qilib Germaniyaga borib qolgani, u yerdagi hayoti, O‘zbekistonga qaytib, Moliya vazirligida ma’lum muddat ishlagani, mamlakatda energetikaning kelajagini qanday ko‘rishi haqida Kun.uz’ga gapirib berdi.
Farg‘ona viloyatida 6 oy davomida 18 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.