Ma’lumki, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisixonasi va Malayziya oliy ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Bank-moliya akademiyasi hamda University Utara Malaysia huzuridagi Islom biznes maktabi bank-moliya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatgan.
2023-yil 29–31-mart kunlari Olot va Qorako‘l tumanlarida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat funksional va quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkazilgan qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqini yuqori saviyada tashkillashtirgani uchun 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasi jamoasiga Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Tashakkurnoma esdalik yorlig‘i taqdim etildi.
Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bayonnomalari ijrosi yuzasidan Bosh vazir topshirig‘iga ko‘ra turli vazirlik va idoralar rahbar xodimlari uchun «davolanish–bilim-malaka oshirish» loyihasi amalga oshirilmoqda. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ham ishtirok etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon hamda Abu-Dabi amirligi Valiahdi etib tayinlangan Shayx Holid bin Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabriklar yo‘lladi.
«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tassarufidagi 500 kV kuchlanishli L-503-sonli elektr uzatish havo tarmog‘ida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromadlarini oshirib borish maqsadida: 1. 2023-yil 1-apreldan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirilsin. 2. 2023-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
Agentlik tomonidan mazkur davrdagi davlat xaridlariga oid jami 25 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari yuzasidan buyurtmachilarga 26 ta taqdimnoma kiritilgan, shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Joriy yilda “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori M.X.Pardayev tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan barcha podstansiyalarda mavjud texnik-muhandislik ko‘nikmalarni takrorlash, tahlil va nazorat qilish, ishchi-xodimlarning malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (“Infografika” studiyasi) tomonidan Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi bo‘limi bilan hamkorlikda “VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI” deb nomlangan maxsus o‘quv-axborot kanali tashkil etildi. Undan faqat Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari (muhandislar va elektr chilangarlari) kasbiy mahorat va malaka oshirish uchun elektron platforma sifatida foydalanishlari mumkin.
20.02.2023 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati: 2022-YIL SARHISOBI
Farg‘ona vodiysi iste’molchilari elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida Andijon viloyati,
Qadrli vatandoshlar! Hurmatli mahalla tizimi xodimlari va faollari! Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muhim sana – Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning hurmat-ehtiromimni bildiraman.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Mana shu go‘zal va hayajonli damlarda muazzam “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida turib, siz, qadrdonlarimni, ko‘pmillatli butun xalqimizni ulug‘ ayyom – Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Barchangizga bahor bayrami — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi Toshkent" loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda. Ma'lumki, bugungi kunda poytaxtimizda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yana ko‘payishi kutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida umumxalq hashari — Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida, ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirliklarining navbatdagi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi, elektr energetika va suv resurslari masalalari muhokama etildi.
Bugun, 2023-yil 16-mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani «Katta-Qo‘yliq» mahallasida «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida Navro‘z shodyonalariga bag‘ishlangan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.
Agar Siz yashayotgan hududda energetika sohasiga oid biror-bir qonun buzilishiga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda Bosh prokuraturaning maxsus telegram-boti orqali xabar yo‘llang.