Yangiliklar
Diqqat, eʼlon! 2023-yil 7-iyun kuni Qarshi shahri va Qarshi tumanining ayrim hududlari elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin

«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari (4000 kVA quvvatli transformator 6300 kVA quvvatlisiga almashtirilmoqda) olib borilayotganligi sababli 2023-yil 7-iyun kuni Qarshi shahar va Qarshi tumanining ayrim hududlarida joylashgan elektr tarmoqlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

  • 07.06.2023
  • 326
Almati 5–7-iyun: Markaziy Osiyoda energetika sektori uchun kiberxavfsizlik va raqamlashtirishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Ayni daqiqalarda Qozog‘iston Respublikasining Almati (Olma-Ota) shahrida o‘z ishini 5-iyun kuni boshlagan “Markaziy Osiyoda energetika sektori uchun kiberxavfsizlik va raqamlashtirishni takomillashtirish” nomli o‘quv seminari o‘z ishini yakunlamoqda.

  • 07.06.2023
  • 334
EʼLON: 500 kV li L–550 elektr tarmog‘idagi texnik-muhandislik amaliyoti boshqa kunga qoldirildi

Avval xabar berilganidek, Sirdaryo viloyatida yangi qurilayotgan IESning birinchi energiya blokini ishga tushirish uchun “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan qurib bitkazilgan 500 kV li L–550 tarmog‘ini ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash zaruriyati tufayli 2023-yil 6–8-iyun kunlari soat 04:00 dan 11:00 gacha Shirin shahri hamda Boyovut tumanidagi ayrim istemolchilar vaqtincha tarmoqdan ajratilishi haqida eʼlon berilgandi.

  • 06.06.2023
  • 353
Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi

”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

  • 06.06.2023
  • 333
Diqqat, eʼlon! 2023-yil 6–8-iyun kunlari soat 04:00 dan 11:00 gacha Shirin shahri va Boyovut tumanining ayrim mahallalari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi “Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4799-sonli hamda 2022-yil 30-dekabrdagi 464-sonli qarorlariga asosan davlat–xususiy sheriklik tamoyili asosida Sirdaryo viloyati Shirin shahrida quvvati 1500 MVt bo‘lgan “ACWA Power Sirdarya” MCHJ tomonidan yangi issiqlik stansiyasining qurilish ishlari yakunlanishi arafasida.

  • 05.06.2023
  • 353
Bosh prokuratura ishtirokida o‘quv seminar: Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli nazorat” tizimini joriy etish

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining tashabbusi bilan, Davlat soliq hamda bojxona qo‘mitasi vakillari ishtirokida, Energetika vazirligi tizim tashkilotlarida Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘lim boshliqlari hamda neft va gaz sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokurorlarning o‘quv seminar dasturi bo‘lib o‘tdi.

  • 02.06.2023
  • 372
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Energetika vazirligi hamkorligida muhandislik maktablarini tashkil etish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi hamda Energetika vazirligi hamkorligida “Muhandislik maktablari — sanoat tarmoqlari uchun yangi zamon injenerlarini tayyorlashning muhim bo‘g‘ini” mavzusida seminar tashkil etildi.

  • 02.06.2023
  • 300
Xizmat safari hisoboti: “Qayrakqum GES” hamda 500 kV kuchlanishli “So‘g‘d” podstansiyalariga amalga oshirilgan safar yuzasidan hisobot (2023-yil 30-may, Tojikiston Respublikasi)

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining videoselektor yig‘ilishidagi topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.Artikov boshchiligida Tojikiston Respublikasi “Qayrakqum GES” energetika obyektida o‘rnatilgan elegazli komplekt tarqatish qurilmalari (KRUE) hamda zamonaviy loyihalar asosida qurilgan 500 kV kuchlanishli “So‘g‘d” podstansiyasi bilan tanishish maqsadida 2023-yilning 30-may kuni Tojikiston Respublikasiga xizmat safari amalga oshirildi.

  • 02.06.2023
  • 209
uzbekistonmet.uz: BUGUN BOLALARNI HIMOYA QILISH XALQARO KUNI

«O‘zbekiston MET» AJ jamoasi barcha bolajonlarni, xususan yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod vakillarini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi.

  • 01.06.2023
  • 285
Energetika tizimidagi islohotlar: qachon va qanday boshlanadi?

Dunyo tajribasidan shu narsa ma'lumki, energiya resurslari narxlarini erkinlashtirmay, sohaga bozor tamoyillarini joriy etmasdan, energetika tizimiga xususiy sektorni jalb qilmay turib, birinchidan, aholining energetikaga bo‘lgan talabini qondirish qiyinlashib boraveradi. Ikkinchidan, energetika tizimida transformatsiya jarayonlarini kechikishi bu o‘z navbatida davlatning byudjetiga og‘ir yuk bo‘lib tushaveradi.

  • 01.06.2023
  • 571
«O‘zbekiston MET» AJ binosida tojikistonlik energetiklar bilan ishchi tartibdagi muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2023-yil 31-may kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ binosida tojikistonlik energetiklar bilan ishchi tartibdagi muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

  • 31.05.2023
  • 355
O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va “Gazprom” ОАJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tomonlar hamkorlikning borishi va istiqbollarini, jumladan, Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish masalasini muhokama qildilar.

  • 31.05.2023
  • 325
“ENERGO-IT” filiali: “Bolalar ijodi” ko‘rgazmasidan namunalar

Dunyoda bolajonlar kulgusi-yu, sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsaning o‘zi yo‘q. Tiniq nigohini sizga qadagancha olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodatli va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash — har bir inson umrining asosiy mazmunidir.

  • 31.05.2023
  • 285
DIQQAT, TANLOV!

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 121-F-son Farmoyishi asosida aholi o‘rtasida kichik quvvatli quyosh fotoelektr tizimlaridan keng foydalanishni jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda “Quyoshli mahalla” maxsus tanlovini o‘tkazmoqda.

  • 30.05.2023
  • 285
“Yashil energiya” sertifikati tizimi joriy etiladi

“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–156-son, 12.05.2023-y.) qabul qilindi

  • 30.05.2023
  • 559
BAYRAM TABRIGI: HAR BIR OILA VA HAR BIR BOLAGA MEHR-EʼTIBOR!

Assalomu alaykum, aziz bolajonlar! Yaratganga shukurlar bo‘lsinki, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, farzandlarimiz esa baxtiyor! Bu albatta mustaqilligimiz mevasidir. Barchamizga maʼlumki, yurtimizda har bir farzand Vatanimiz ardog‘ida va himoyasida.

  • 28.05.2023
  • 430
Ayni paytda: Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni arafasida istirohat bog‘ida bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

“O‘zbekiston MET” AJ rahbariyatning tashabbusi, Aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti ishtirokida bugun, 2023-yilning 27-may sanasida “Har bir oila va har bir bolaga mehr-eʼtibor!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

  • 27.05.2023
  • 317
Yil yakuniga qadar “Modernizatsiya” loyihasiga asosan 8 ta podstansiyada 1200 MVA quvvat oshiriladi hamda Andijon viloyatida 1 ta 220 kV podstansiya qurilib, qo‘shimcha 125 MVA quvvat yaratiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek O‘runov ma'lum qildi:

  • 26.05.2023
  • 316
Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha foto va video xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–77-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi

  • 26.05.2023
  • 338
>