“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–156-son, 12.05.2023-y.) qabul qilindi
✅ Qarorga muvofiq, elektrning qayta tiklanuvchi manbalar asosida ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikati tizimi quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:
▫️2023-yil 1-iyuldan – “O‘zbekgidroenergo” AJdagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun;
▫️2023-yil 1-oktyabrdan – quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun.
➡️ Bitta “yashil energiya” sertifikati 1000 kVt*soat elektr ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.
“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini yuritish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
❕Qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlari foyda solig‘idan ozod etiladi.
⇒ Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati