Yangiliklar
Bishkek shahrida MDH davlatlari Elektr energetika kengashining 62-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2023-yil 22-avgust kuni Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida MDH davlatlari Elektr energetika kengashining navbatdagi 62-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • 22.08.2023
  • 286
Jizzax viloyati isteʼmolchilarining elektr taʼminoti ishonchliligini oshirilishi uchun yuqori kuchlanishli podstansiya qurilmoqda

Mazkur loyiha Jizzax viloyatining Zomin, Paxtakor, Sharof Rashidov, Zarbdor va Forish tumanlari eʼlektr taʼminoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

  • 21.08.2023
  • 329
220 kV li «Sherobod» podstansiyasiga 250 MVA quvvatli avtotransformator o‘rnatilib, ishga tushirildi

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda 2023\2024-yil kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, ya'ni magistral elektr tarmoqlari obyektlarida ta'mirlash-sozlash, qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

  • 19.08.2023
  • 399
FM.104.1 to‘lqinlarida bugungi kunda energiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida axborot berildi

«Yoshlar» radiokanalining FM.104 to‘lqinlari, "Yoshlar bilan muloqot" dasturida bugungi kunda energiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida axborot taqdim etilib, jonli efirda radiotinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

  • 18.08.2023
  • 255
Andijon viloyatida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan qurilayotgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Saroy” podstansiyaning qurilish-montaj ishlari to‘g‘risida maʼlumotnoma

Isteʼmolchilarni uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi PQ–5180-sonli qarori hamda Davlatimiz rahbarining 2021-yil 17–18-iyul kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari, shuningdek, Prezident huzurida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 33-sonli bayonining ijrosini taʼminlash maqsadida, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Andijon viloyatida 220/110/10 kV kuchlanishli yangi podstansiya qurilmoqda.

  • 17.08.2023
  • 414
«ENERGO-IT» filiali mutaxassislari «Andijon MET» filiali tasarrufidagi aloqa va himoya uskuna-jihozlarining texnik-muhandislik holatini o‘rganishdi

«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “ENERGO-IT” filialining 2023-yilning 7-avgustdagi 02-34-13/293-sonli xatiga asosan sektor boshlig‘i V.Mirzayev, muhandis Q.O‘raqov hamda «Andijon MET» filiali mutaxassislari U.Hamdamov va U.G‘iyosovlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat amaliyotida Filial tasarrufidagi ekspluatatsiyaga yaroqli va yaroqsiz aloqa uskuna-jihozlari sinovdan o‘tkazilib, tegishli servis-sozlash xizmatlari amalga oshirildi.

  • 15.08.2023
  • 464
Sirdaryo va Jizzax viloyati isteʼmolchilarining elektr taʼminoti ishonchliligi oshirilishi uchun 220 kV kuchlanishli raqamli podstansiya qurilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi”dan 220 kV kuchlanishli havo liniyasini va 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoida. Loyiha doirasida 2x144 km, jami 288 kilometr uzunlikka ega 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i hamda 500 MVA to‘la quvvatga ega 220 kV kuchlanishli podstansiya qurilmoqda.

  • 15.08.2023
  • 630
2016–2023: Magistral elektr tarmoqlari orqali taqsimlovchi tarmoqlariga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdor ko‘rsatkichlarining o‘sib borish dinamikasi

E’tiboringizga 2016–2023-yillarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufdagi magistral elektr tarmoqlari orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdor ko‘rsatkichlari dinamikasini (mlrd kVt•soat) taqdim etamiz.

  • 14.08.2023
  • 495
Magistral elektr tarmoqlari tasarrufidagi radiorele aloqa qurilmalari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda

Maʼlumki, elektr taʼminoti obyektlarida radioaloqa va bosh turdagi aloqa vositalari barqaror faoliyat yuritishi lozim. «Namangan MET» filialida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A.Nazirov tomonidan 2022-yil 30- dekabrda tasdiqlangan «2023-yil uchun magistral aloqa tizimlariga doimiy xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish» to‘g‘risidagi topshirig‘iga binoan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

  • 14.08.2023
  • 304
FM.87.9 to‘lqinlarida energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalari muhokama etildi

Bugun, 2023-yilning 14-avgust kuni soat «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalari muhokama etildi.

  • 12.08.2023
  • 269
Mamlakatimizda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda inflyasiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini ta'minlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta'minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

  • 11.08.2023
  • 273
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish montaj ishlari hamda nazorat va hisobot tadbirlari

⏺ 01.08.2023 — NAMANGAN: 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida eski izolyatorlarni zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borildi ⏺ 27.06.2023 — SIRDARYO: 500 kV kuchlanishli L-557 hamda L-550-sonli elektr uzatish tarmoqlari elektr energetika umumtizimiga ulandi

  • 10.08.2023
  • 408
Aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil uchun tasdiqlangan Biznes rejasida ham joriy yildagi faoliyati zarar bilan yakunlanishi nazarda tutilgan

Bugun kun.uz internet nashri sahifalarida "Eng ko‘p moliyaviy foyda va zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ma'lum qilindi" nomli maqola e'lon qilindi va unda «Eng katta moliyaviy zarar bilan ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” birinchi bo‘ldi, kompaniya 2022-yilni 4,34 trln so‘m zarar bilan yakunlagan» deya axborot berilgan.

  • 10.08.2023
  • 315
“ENERGO-IT” filiali mutaxassislari “Namangan MET” filiali aloqa va himoya uskuna-jihozlarining texnik-muhandislik holatini o‘rganishdi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbaryatining topshirig‘iga binoan, korxona hamda podstansiyalardagi rele himoyasi va aloqa uskunalarning holatini o‘rganib chiqish hamda dispetcherlik texnologik boshqaruv vositalarini inventarizatsiyasini o‘tkazish maqsadida 2023-yilning 8-9- avgust kunlari «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli bo‘lgan “Sardor”, “Qizil-rovot” hamda “Obi-hayot” podstansiyalaridagi uskuna-jihozlar holati qayta ko‘rikdan o‘tkazildi.

  • 10.08.2023
  • 279
Oʻzbekiston va Ozarbayjon Respublikalari Energetika vazirliklari Qoʻshma ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun, 8-avgust kuni Toshkentda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Respublikalari Energetika vazirliklari Qoʻshma ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Energetika vaziri oʻrinbosari A.Jumanazarov va Ozarbayjon Respublikasi Energetika vaziri oʻrinbosari S.Veliyev ishtirok etdi.

  • 09.08.2023
  • 220
Brifing: Joriy yarim yillikda O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida amalga oshirilgan ishlar tahlili

Joriy yilning o‘tgan davrida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida respublika miqyosida 748 ta transformator punkti almashtirildi, 7 ming 548 ta transformator punkti ta’mirdan chiqarildi. 2 ming 941 kilometr o‘tkazish tarmoqlari yangilandi, 22 ming 112 kilometr elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlandi. 1 ming 257 ta podstansiya yuqori texnologik usulda qayta jihozlandi.

  • 08.08.2023
  • 269
BRIFING: “O‘zbekiston MET” AJ faoliyatining 2023-yil birinchi yarimyillik hisoboti

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar 2023-yil uchun belgilangan rejaga muvofiq tarzda olib borilmoqda. Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2023-yil birinchi yarimyilligi hisobotidan quyidagi raqam va ko‘rsatkichlar o‘rin olgan:

  • 04.08.2023
  • 282
4-avgust, juma kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan brifinglar

Mavzu: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining o‘tgan 6 oydagi asosiy ko‘rsatkichlari

  • 04.08.2023
  • 276
FM.87.9 to‘lqinlarida ma’naviy-ma’rifiy masalalar tahlili muhokama etildi

2023-yilning 3-avgust kuni soat 11:20da «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida ma’naviy-ma’rifiy masalalar tahlili jonli muloqot orqali muhokama etildi.

  • 03.08.2023
  • 164
Elektr energiyasi yetkazib berishda yuzaga kelayotgan uzilishlar yuzasidan murojaat

So‘nggi kunlarda mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika sohasida murakkab vaziyat yuzaga keldi. Xususan, yurtimizning deyarli barcha hududida kunning ma’lum vaqtida elektr energiyasini uzishga majbur bo‘linmoqda. Jumladan, iyun oyida jami 34,8 mln kVt·soat majburiy cheklov kiritilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich iyul oyining o‘tgan 31 kuni mobaynida 175 mln kVt·soatni tashkil qildi. Yoz fasliga o‘tilganidan beri jami 210 mln kVt·soat majburiy cheklov qo‘llanilgan.

  • 02.08.2023
  • 277
>