Avval xabar berganimizdek, Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 42-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Kun tartibidagi masalalarga muvofiq dastlab 2023-yil vegetatsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligining sug‘orish mavsumida Markaziy Osiyoda mavjud suv resurslarini samarali boshqarish masalalari muhokama etilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo elektr energetika sohasi mutaxassislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023—2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-sonli Qaroriga asosan magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari o‘rganildi.
Maʼlumki, 2023-yil 4–6-may kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Tadbirda Tojikistonning “Barki Tochik” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding kompaniyasi Kengashning mezbonlik navbati rasman O‘zbekistonga o‘tganini bildirgan edi.
Siz azizlarni jamoamiz nomidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etaman.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Farog‘at Xudoyqulova, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri aktyori Ahror Alijonov hamda el ichida “G‘ulom shov-shuv” nomi bilan tanilgan qiziqchi qatnashdi.
Avval xabar berganimizdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etmoqda. Unda ko‘plab muhim masalalar qatori energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilyapti.
Shuni taʼkidlash joizki, ushbu muhofaza zonasi elektr uzatish tarmogʻi boʻylab chetki simlaridan har ikkala tomonga vertikal tekislik bilan chegaralangan yer maydoni va havo boʻshligʻidan iborat.
«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-oktabrdagi PQ–125, PQ–126 va PQ–127-sonli qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan 3 ta 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi, 3 ta 100 MVt quvvatli energiyani saqlash qurilmasi, 500 kV kuchlanishli podstansiya hamda elektrt tarmoqlari yuzasidan axborot taqdim etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi yangi infratuzilma inshootlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Xitoyning "China southern power grid" kompaniyasiga tegishli, Guandjou shahrida joylashgan o‘quv markaziga tashrif buyurdi va Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Avariyani bartaraf qilish uchun olib boriladigan ta'mirlash-sozlash ishlari paytida (30 daqiqa) Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumani iste'molchilari elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «JARAYON» dasturi orqali “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-oktabrdagi PQ-325, PQ-325 va PQ-327-sonli qarorlari asosida «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan 3 ta yirik shamol elektr stansiyasi xususuda axborot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 13-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi.
Ma’lumki, tashkilotda yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirish borasidagi ishlar samaradorligi ko‘p tomonlama Aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq. Yoshlarimiz turli tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim-saviyalarini oshirib bormoqdalar.
O‘zbekiston Rossiyadan gaz sotib olish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar muhokamasini boshlagan
Uch davlat rahbarlari va energetika tizimi mas'ullari ishtirokida gaz o‘lchov stansiyasini ishga tushirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston MET” AJ tarkibidagi barcha energetika ob'ektlarida 2023/2024- yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlandi. Shu jumladan, «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida ham modernizatsiya-rekonstrukiya, ta'mirlash-sozlash, qurilish-montaj ishlari olib borildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan boshlab bir oyda elektr energiyasini o‘rtacha oylik iste'moli uchun to‘lov miqdoriga o‘suvchan koeffitsient qo‘llanilishi turlicha baholanmoqda.
FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan "Radiomuloqot" dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov hamda Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bosh mutaxassisi Faxriddin Nuraliyevlar ishtirok etdi.