«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “ENERGO-IT” filialining 2023-yilning 7-avgustdagi 02-34-13/293-sonli xatiga asosan sektor boshlig‘i V.Mirzayev, muhandis Q.O‘raqov hamda «Andijon MET» filiali mutaxassislari U.Hamdamov va U.G‘iyosovlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat amaliyotida Filial tasarrufidagi ekspluatatsiyaga yaroqli va yaroqsiz aloqa uskuna-jihozlari sinovdan o‘tkazilib, tegishli servis-sozlash xizmatlari amalga oshirildi.
Nazorat ko‘rigi va ta'mirlash ishlaridan so‘ng «ENERGO-IT» filialining malakali mutaxassislari tomonidan «Andijon MET» filiali aloqa xodimlari uchun «mahorat darsi» o‘tkazildi va yangi turdagi zamonaviy uskuna-jihozlarning ish tartibi to‘g‘risida foydali ma'lumotlar taqdim etildi.
✍️ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati