Avval xabar https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/2 berganimizdek, shu kunlarda Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” hamda 220 kVli “Muborak” podstansiyalarida modernizatsiya ishlari olib borilayotganligi sababli, 2023-yil 05-may kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar — kunning yorug‘ qismida (3 soat) Qarshi shahri va Muborak tumanining ayrim hududlarida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari Muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 41-yig‘ilishida davom etmoqda. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr energetika tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari, shuningdek, “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari va mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Avval xabar berganimizdek, 2 kun davomida Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida mintaqa energetiklarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bugun, 2023-yil 2-mayida “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati “Xian Electric Engineering Co., Ltd” (XXR) kompaniyasi bosh direktori Li Zhifu boshchiligidagi delegratsiyani qabul qildi.
⚡️ BO‘SH ISH O‘RINLARI: 1️⃣ «O‘zbekiston MET» AJ Rele himoyasi va avtomatika bo‘limi mutaxassisi lavozimi https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3879;
2023-yilning 3–4-may kunlari kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-referendum uchastkasiga tashrif buyurib, referendumda ovoz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev investitsiya forumi doirasida Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan bilan o‘tkazgan uchrashuvda joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari va sheriklikni tubdan kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bunday islohotlarni amalga oshirishda, jahon tajribasi oʻrgangan holda, Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi va dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Avval xabar berganimizdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalardagi mavjud elektr qurilma va jihozlarini 2023-yil yoz muvsumi, 2023/2024-kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida joriy va kapital taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, rejaga muvofiq, investitsion loyihalar doirasida magistral elektr tarmoqlari filiallarida qurilish-montaj tashkilotlari hamkorligida modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari jadal surʼatlarda bajarilmoqda. Xuddi shu kabi ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida ham amalga oshirilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, bugun, 2023-yil 27-aprel kuni poytaxtimizda II Toshkent Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov va Aksiyadorlik jamiyatining boshqa mas'ul xodimlari ishtirok etishmoqda.
Avval xabar berganimizdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya va taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.
Bugun, 2023-yil 25-aprel kuni, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda Jahon bankining energetika bo‘yicha mutaxassislari Kodji Nishida hamda Irina Voytexovich rahbarligidagi energetika bo‘yicha navbatdagi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Konstitutsiyaviy islohotlarning bosh maqsadi — inson qadri, xalq manfaatini himoya qiluvchi qomusimizning mukammal bo‘lishini taʼminlashdan iborat. Ko‘pchiligimizning bir odatimiz bor: qachonki, erkinligimiz, haq-huquqlarimiz, orzu-xavaslarimiz turli sabab-bahonalar bilan poymol qilinsa, qayerdan najot kutishni bilmay qolamiz. Ayrim yurtdoshlarimizning bunday tushkun kayfiyatga tushib qolishiga gohida inson haq-huquqlari, sha’ni, qadr-qimmatiga daxldor qonunlariga qat’iy rioya qilinmayotganida namoyon bo‘ladi.
500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida 1999-yilda ishga tushirilgan va quvvati 3x167 MVA bo‘lgan AT-2 avtotransformatorida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi «Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3284-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Farg‘ona» hamda «Sokin» podstansiyalarida mavjud 220/110 kVli yacheykalarning shinalar tizimidagi eski ajratgichlarini yangi va zamonaviy ajratgichlarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
2023/2024-yil kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlari obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish, mavsumga tayyorgarlik yuzasidan «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi VL–500 kV L–524 elektr uzatish havo tarmogʻining «QAMCHIQ» dovoni hududidan o‘tgan 10.4 kilometr qismi, aniqrog‘i 182–215-sonli tayanch ustunlar oraligʻida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi «Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3284-sonli Qarori asosida elektr qurilmalarini modernizatsiya qilish dasturining 1-fazasi bo‘yicha rejali ishlar amalga oshirilmoqda.