Avval xabar berganimizdek, bugun, 2023-yil 16-may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Barqarorlikka sarmoya kiritish” nomli yillik yig‘ilish va biznes forumi doirasida yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) energetika loyihasini amalga oshirish uchun kredit ajratilishi to‘g‘risidagi hujjat imzolangan edi.
Bugun, 2023-yil 16-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Barqarorlikka sarmoya kiritish” nomli yillik yig‘ilish va biznes forumi doirasida energetika loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolatisiz korporativ kredit ajratilishi to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 12–14-may kunlari Xiva shahriga sayohat uyushtirdi.
Bugun, 2023-yilning 15-may kuni soat 11:20 dan 12:00 gacha «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida 2023-yi 11-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta'minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 2023-yil 12-may kuni (juma) soat 15:00 dan 18:00 ga qadar «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi
Respublikada energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va jihozlarni sifatli tayyorlash maqsadida, 2018 yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasini import qilish ishlari qayta yo‘lga qo‘yilgan.
Prezident raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta'minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli 2023-yil 15-may kuni soat 23:00 dan 16-may 03:00 ga qadar Qarshi shahrining ayrim hududlarida joylashgan elektr tarmoqlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi “Energo-IT” filiali xodimlari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2023-yil 10-may kuni “G‘alaba bog‘i”ga sayohat tadbiri tashkil etishdi.
Eʼtiboringizga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansidagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoq va podstansiyalarda mavjud elektr jihoz hamda uskunalarining 2023-yil yoz mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan mukammal va joriy taʼmirlash ishlari haqida qisqacha maʼlumot berib o‘tamiz.
9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali barcha urush va mehnat faxriylarini tabriklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament a'zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
2023-yilning 3–4-may kunlari kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanbe shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi texnik nomi L-S-I bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Misol uchun, elektr tarmog‘ining 67–72-tayanch ustunlari oralig‘i begona o‘tlardan tozalanib, dispetcherlik nomlari yangilandi.
9 may — "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan "Toshkent shahar MET” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi “Inson qadri ulug‘, xotira — muqaddas” mavzusida tadbir tashkil etdi.
Avval xabar berganimizdek, ”O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi hamda mutaxassislari Tojikiston energetika sohasida olib borilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdilar.
“Barki Tochik” kompaniyasi Tojikistonda bir necha yillar davomida amalga oshirilayotgan yirik loyiha — “Rog‘un” gidroelektr stansiyasi faoliyati va uning qurilish davom etayotgan obyektlariga tanishtiruv safari uyushtirishdi.
“Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi doirasida 2023-yilning 23-yanvar kunida eʼlon qilingan MUTS/ICB/2016-16-sonli tender yakunlari bo‘yicha tenderda g‘olib deb topilgan, Oʻzbekistonda elektr qurilmalarni yirik ishlab chiqaruvchisi boʻlgan, “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ bilan birlamchi qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha qiymati 9.5 mln AQSH dollari bo‘lgan shartnoma imzolandi.
«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi texnik nomi L-K-I bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.