Bugun, 2023-yil 15-mart kuni soat 10:00da Aksiyadorlik jamiyati majlislar zalidan va onlayn shaklda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2022-yil yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumaniga bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022-yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumaniga OAV hamda jamoatchilik vakillarini taklif etamiz.
Prezidentning tegishli qarori (PQ-91, 11.03.2023-yil) bilan, Toshkent shahridagi iste'molchilarning energiya resurslariga o‘sib borayotgan talabini ta'minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi “Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 33-sonli bayoni e'lon qilingan edi.
Joriy yil 2-3 mart kunlari Londonda boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo energiya savdosi va investitsiya forumi — 2023” energetikaning oʻzaro bogʻliq muammolarini, ya’ni energetika xavfsizliki, dekarbonizatsiya va iqtisodiy o‘sish mavzularini muhokama qilish uchun Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston siyosatchilari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xususiy sektor vakillarini bir joyga toʻpladi. Markaziy Osiyo hukumatlari, Buyuk Britaniya hukumati va Jahon banki hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mintaqaviy elektr energiyasi savdosining yanada samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, uglerod neytral bo‘lgan iqtisodiyotga o‘tishda mintaqaviy hamkorlik masalalarida ko‘maklashish va mavjud vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash hamda hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan tadbirlarga e’tibor qaratildi.
1-kun: Frankfurt shahri (Germaniya) orqali Xelsinki (Finlyandiyaga)ga jo‘nab ketildi. 2-kun: Ishchi guruh birgalikda yig‘ildi, boriladigan obyekt va uchrashuv o‘tkaziladigan joylar rejalashtirildi, marshrut shakllantirilib, ulovlarga buyurtma berildi. 3-kun: “Polar Night Energy” kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan qumda ishlaydigan energiya saqlash qurilmasi joylashgan manzilga borildi.
Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6099-sonli farmoniga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun mini futbol o‘yinlari tashkil etilgan.
«Energo-IT» filiali rahbariyati va kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti Filial ayollarini 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, bayram sovg‘alari taqdim etishdi.
«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali ma'muriyati tomonidan sohamiz malikalariga atalgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Senatning yalpi majlisida “Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Bugun, 2023-yil 4-mart kuni Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida investitsiya va elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida uchta bitim imzolandi.
Yodingizda bo‘lsa, joriy yilning 22-fevral kuni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.Isaqulov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida energetika bo‘yicha amaliyotining missiya rahbari Sudeshna Gosh Banerdji xonim boshchiligidagi mutaxassislar bilan ishchi tartibdagi muhokamalar uchrashuvini o‘tkazgan edi.
I. Qarorning maqsadi Ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilishdan iborat.
2023-yil 27-fevral kuni “Podrobno.uz” axborot agentligi saytida “O‘zbekistonda 200 nafardan ortiq shifokorlar ishsiz qolishi mumkin” sarlavhali (статья под названием «В Узбекистане более 200 медиков могут остаться без работы») xabar e’lon qilingan edi. Maqolada Energetika vazirligi tasarrufida bo‘lgan va bir necha yillardan beri energetika sohasi xodimlariga xizmat qilib kelgan tibbiyot muassasasi, ya’ni uning binolari va hududi auksionda sotishga qaror qilingani, shu bois bu yerda ishlayotgan 261 nafar xodimning taqdiri qil ustida qolayotgani yozilgan. Ushbu xabar “Podrobno.uz” muxbiri tomonidan faol jamoatchi — bloger Islom Kaparzo tomonidan e’lon qilingan videomurojaat havola berilgan holda nashr etilayotgani bildirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Mamlakatimizda davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarida (keyingi o‘rinlarda – davlat ishtirokidagi korxonalar) korporativ boshqaruvni joriy etish, ularning operatsion samaradorligini oshirish va ochiqligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning bozor mexanizmlariga o‘tishini jadallashtirish maqsadida
«Qoraqalpog‘iston MET» filiali Kasaba uyushmasining qo‘llab-quvvatlashi, Filial Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolarining tashabbusi bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish markazida tashkil etilgan «Men donorman» aksiyasida «Qoraqalpog‘iston MET» filialining bir qator ko‘ngilli ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
2023-yilning 27-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston energetika tizimida yetakchilardan bo‘lib ISO 50001:2015 — “Energiya menejmenti tizimi” energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha, ISO 45001:2018 — “Mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlikni boshqarish, kasbga oid salomatlik va ishchilar xavfsizligini taʼminlash" bo‘yicha hamda ISO 14001:2018 — “Atrof-muhitni boshqarish” ekologik menejment tizimi bo‘yicha xalqaro standart sertifikatlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lganligi bois xalqaro sertifikatni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har bir soha faoliyatini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, sohalarga oid yangiliklarni zamon talablari mos ravishda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlariga tatbiq etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni yuksaltirish, insonga e'tibor, sifatli ta'lim, raqamli texnologiyalar, aholi turmush-sharoitini yaxshilash, o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini o‘qitish,
2023-yilning 25-fevral kuni soat 17:20 da «O‘zbekiston–24» radiokanali to‘lqinlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalligi jonli muloqot orqali muhokama etildi.