«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari (4000 kVA quvvatli transformator 6300 kVA quvvatlisiga almashtirilmoqda) olib borilayotganligi sababli 2023-yil 7-iyun kuni Qarshi shahar va Qarshi tumanining ayrim hududlarida joylashgan elektr tarmoqlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⇒ Eslatib o‘tamiz, qurilish-montaj ishlari olib borilayotganda elektr uskuna va jihozlarining yuklamasi boshqa uskuna-jihozlarga vaqtincha yuklanadi. Iste’mol hajmi sezilarli oshgan paytlarda f.Taxtapul-6kV, f.Nihol-2-6kV, f.Nasos-3-2-6kV, f.Oybek-6kv va f.Hayot-6kV elektr uzatish tarmoqlarida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati