«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida Axborot xizmati tomonidan yuritiladigan «MUROJAATLAR» ruknini kuzatib boring! Unda veb-sayt orqali qayd etilgan fuqarolar (iste'molchilar — jismoniy va yuridik shaxslar) murojaatlari hamda ularga yuborilgan javob matnlari yuklanib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Alisher Saidabbasovich Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi. 2022-yilning 1-aprel kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ va “Barki Tochik” OAXK o‘rtasida shartnoma imzolandi.
“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi «Talimarjon» podstansiyalar guruhining 220 kV kuchlanishli «NS-1», «NS-2», «NS-3», «NS-4», «NS-5» va «NS-6» podstansiyalarida joriy yilning fevral-mart oylarida bajarilgan ishlari yuzasidan hisobot ma'lumotnomasi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Hukumat) 2030-yilgacha mamlakatimizda 12 GVt quvvatga ega ekologik toza energiya ishlab chiqarish maqsadida keng ko‘lamli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining hisoboti: youtube.com videoportali sahifalariga yuklangan Respublikamizning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hayoti, shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli videolavhalar bilan tanishing! (2022-yil I-chorak hisoboti)
O‘zbekiston, Toshkent, 2022-yil 30-mart – 2021-yil 30-avgustda e'lon qilingan quyosh fotoelektr stansiyasi (QFES) “Uzbek Solar 3” loyihasi (Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligida Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida jami quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta maydon) bo‘yicha “Muvofiqlik so‘rovi (RFQ)” ga javob sifatida, 2021-yil 29-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 gacha 15 ta ariza kelib tushdi.
Ikki holatda davlat manfaatlariga 230 million so‘mdan oshiq zarar yetkazilgan.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston energetika hamda suv resurslari muvozanatini saqlash, iste'molchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash, tabiiy gaz va yoqilg‘i mahsulotlarini tejash hamda issiqlik elektr stansiyalarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun ta'mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida, 2018-yildan boshlab sug‘orish mavsumida elektr energiyasi import qilinmoqda.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida "Korrupsiyaga qarshi kurash – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil" mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Murojaat egasi: Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Sarmich mahallasi, Chorbog‘ ko‘chasi, 51-uyda yashovchi fuqaro Orif Alimov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Bugun, 2022-yil 31-mart kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi barcha korxona, filiallar va markaziy apparatida hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomi nazorati, me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha biriktirilgan mas'ul xodimlar ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov, bosh boshqarma, boshqarma va xizmat rahbarlari, turdosh tashkilotlardan vakillar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Komplaens nazorati xizmati tomonidan «Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil» mavzusida o‘tkaziladigan matbuot anjumani nutqi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmonining 2-bandi, “a” kichik bandiga muvofiq har yili davlat organlari va tashkilotlari 1-martga qadar o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirib, 1-aprelga qadar matbuot anjumanlarini o‘tkazish vazifasi belgilangan.
2022-yil 24-mart sanasida Vazirlar Mahkamasining “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori qabul qilindi.
“Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasi bo‘yicha joriy yilning 25-mart kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar) hamda Sojitz (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Shartnoma Konsorsium katta vitse-Prezidenti Beatris Buffon xonim va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov tomonidan imzolandi.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 24–26-mart kunlari Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) bo‘lib o‘tdi. Unda 1500 nafardan ortiq dunyoning turli mamlakatlari ishbilarmon va siyosiy doiralar vakillari, xalqaro ekspert va jurnalistlar Forum ishtirokchilari hamda mehmonlari bo‘lishdi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yana bir muhim voqea – Surxondaryo viloyati Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.