2022-yil 12-may: Press-tur va Matbuot anjumani tadbirlari doirasida jurnalist va blogerlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan ayrim savollarga javoblar uzbekisttonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida
uzbekistonmet.uz — Press-tur va Matbuot anjumani tadbirlari doirasida jurnalist va blogerlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan ayrim savollarga javoblar
Prezident huzurida g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. “Ko‘rib turibsizlar, jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori sur'atlar bilan o‘smoqda. Bugungi kunda xalqaro birjalarda 1 tonna bug‘doy 400 dollardan sotilmoqda va yil boshiga nisbatan 30 foizga oshdi.
Energetika vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan quyosh fotoelektr stansiyalari, quyosh suv isitkichlari va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni o‘rnatish uchun kompensatsiya olish tartibi bo‘yicha murojaatlar kelib tushadi.
Samarqand magistral elektr tarmoqlari rahbar xodimlari, “Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi” xodimi va “O'zbekiston MET” Surхon-Puli-Xumri direksiyasi boshlig'i O.Raximov ishtirokida joriy yil 10-mayga belgilangan “Xavfsizlik texnikasi” kuni dasturi hamda tasdiqlangan jadval asosida Podstansiyalarda va liniya xizmatlarida “Xavfsizlik texnikasi” kuni oʼtkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.
Bugun mamlakatimizda keng nishonlanayotgan “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Jizzax shahridagi Xotira xiyobonida tashkil etilgan “Xotira — abadiy, qadr — muqaddas” shiori ostida o‘tgan tadbirda “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali rahbariyati hamda ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, “Motamsaro ona haykali” poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali energetiklar salomatligini tiklashga ko‘maklashish, maqsadida, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, sportning 4 ta turi, ya'ni shaxmat, mini futbol, 100 metrga yugurish hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Keyingi paytlarda respublikamizning turli hududlarida aholi xonadonlariga kirib, «Biz elektr tarmoqlari korxonasidanmiz, xonadoningizdagi elektr jihozlarini tekshirgani keldik», deya aldov yo‘li bilan elektr hisoblagich va boshqa elektr jihozlarini nomiga ko‘rikdan o‘tkazib, ushbu xizmatlari uchun iste'molchilardan majburiy to‘lov undirib yurgan shaxslar mavjudligi yuzasidan ko‘plab ma'lumotlar kelib tushmoqda.
9-may — Xotira va qadrlash kuni Yurtboshimiz tashabbusi bilan 9-may — Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bugun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Energo-IT” filiali xodimlari tomonidan xotira tadbiri o‘tkazilib, bir necha yillar davomida energetika sohasida davlatimiz rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelgan mehnat faxriylari yod olindi. Ularning elektr energetika tizimiga qo‘shgan hissalari alohida e'tirof etildi.
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak, shunday emasmi? Xotiri jam bo‘lmagan xonadon ham, mahalla ham, tashkilot-idora ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Kelajak uchun reja tuzib, yaxshi niyatlarni amalga oshirishi mushkul bo‘ladi. Demak, tinchlik-xotirjamlik — taraqqiyot garovi!
Bugun “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan xotira tadbiri tashkil o‘tkazildi.
Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.
Diqqat, e'lon! 2022-yil 12-may kuni 220 kV kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasida Press-tur hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2022-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
18-aprel kuni Xitoyning «Hualun-1» reaktoriga ega bo‘lgan «Karachi» AESning uchinchi energiya bloki tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan, sizlarni “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2022” 24-xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 18-20-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Energetika, energiya tejamkorlik, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2022”, va “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2022” xalqaro ko‘rgazma tadbirlarini rasmiy qo‘llab-quvvatladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993-yilning 3-may kuni ushbu sanani «Xalqaro matbuot erkinligi kuni» deb e'lon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan. O‘shandan buyon har yili 3-may sanasi dunyo bo‘ylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanadi.
Qadrli vatandoshlar! Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati D.A.Isaqulov joriy yilning 21–22-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarning yozga mavsumga tayyorgarligini o‘rganish barobarida Xo‘jayli tumaning “Vodnik” qo‘rg‘oni hamda “Jan-Qo‘ng‘irat” ovul fuqarolari yig‘inida sayyor qabullar o‘tkazgan edi.