Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.
Ushbu tarmoqda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida o‘tgan besh yilda:
- 465 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 163 ta yangi loyiha ishga tushirilgani;
- ishlab chiqarish hajmi 4 barobarga (4 trillion so‘mdan 17 trillion so‘mga), eksport esa 3 barobarga (190 million dollardan 565 million dollarga) oshgani;
- tarmoqda ish o‘rinlari soni 2 barobarga oshib, 32 mingtaga yetgani ta'kidlandi.
“Lekin bu hali juda kam. Taraqqiyot dasturida 2026-yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz.
Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi. Uni o‘zimizda chuqur qayta ishlab, raqobatdosh tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish zarur”, dedi Prezident.
Buning uchun “ta'lim – innovatsiya – ishlab chiqarish – servis” yaxlit zanjirini o‘z ichiga olgan sanoat klasteri tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati