Yangiliklar
220/110/10 kV kuchlanishli "Povulg‘on" podstansiyasida Kasb mahorati ko‘rik tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

"O‘zbekiston MET" AJning 2022-yil 24-iyundagi 150-sonli buyrug‘i hamda "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filialining KSh-98- sonli buyrug‘iga asosan Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi tadbirlari doirasida 220/110/10 kV kuchlanishli "Povulg‘on" podstansiyasida Kasb mahorati ko‘rik tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

  • 13.07.2022
  • 714
Nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi!

Juma kuni, 2022-yil 15-iyul kuni soat 15:00da «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi quyidagi bo‘sh ish o‘rniga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi:

  • 13.07.2022
  • 398
Energetika sohasidagi yirik loyihalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

  • 12.07.2022
  • 424
MUBORAK AYYOM QUTLOVI

Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

  • 09.07.2022
  • 324
E'lon! OAV vakillarini Jahon banki ishtirokidagi tadbirga taklif etamiz!

«O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirilib, mamlakatimizdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda.

  • 08.07.2022
  • 446
AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTE'MOLCHILAR! E'tiborli bo‘ling!

Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma'lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

  • 07.07.2022
  • 373
Anonim murojaatda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi: bir guruh elektromontyorlar nomidan e'lon qilingan murojaat Ishchi guruh — Komissiya tomonidan batafsil o‘rganildi

Avval xabar berganimizdek https://t.me/uzmetaxborotxizmati/12578, 2022-yil 28-iyun kuni Muxbir Daliyev (https://t.me/muxbir1) telegram kanalida “Elektromontyorlar "O‘zbekiston MET" vallomatlaridan nega norozi?” deb nomlangan “elektromontyorlar murojaati” (https://t.me/muxbir1/16945) e'lon qilingan edi.

  • 07.07.2022
  • 385
Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Fransiya poytaxtidagi malaka oshirish o‘quv kursida tahsil olib qaytdi

Fransiya Respublikasinining poytaxti Parij shahridagi Fransiya rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kursida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, ”Issiqlik elektr stansiyasi” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ xodimlari bilan birga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Xidirov Parda Nazirovich 2022-yil 25-iyundan 4-iyulga qadar xizmat safarida bo‘lib keldi.

  • 06.07.2022
  • 448
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2021-yil uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha Ernst & Young'dan ijobiy xulosa oldi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2021-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga Ernst & Young xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi.

  • 06.07.2022
  • 453
G‘uzor tumanida quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun tender shartlaridan 8 ta xalqaro kompaniya va konsorsium o‘tdi

O‘zbekistonda yangi energiya quvvatlarini barpo etish, xususan bu borada qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr stansiyalarining qurilishi jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.

  • 06.07.2022
  • 466
Yuqori kuchlanish elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tiklash va tozalash masalalari muhokama qilindi

"O‘zbekiston MET" AJ va «Emi Grup Bilgi Teknolojileri A.S.» kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda turk kompaniyasi vakillari o‘z faoliyati haqida taqdimot o‘tkazishdi.

  • 05.07.2022
  • 565
“Yuksak” podstansiyasiga 220/110/35 kuchlanishga ega elegazli kompleks taqsimlash qurilmasi o‘rnatiladi

Bugun, 2022-yil 5-iyul kuni xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Xitoy Xalq Respublikasining "Shandong Electrical Engineering and Equipment Group Co.Ltd" kompaniyasi o‘rtasida “Yuksak” podstansiyasiga 220/110/35 kuchlanishga ega elegazli kompleks taqsimlash qurilmasini o‘rnatish (KRUE 220/110/10 kV) bo‘yicha qiymati 6.78 mln. AQSh dollari hisobidagi shartnoma imzolandi.

  • 05.07.2022
  • 505
RAQOBATLI BOZORGA O‘TISH — energetika sohasida shaffof muhitni yaratishga xizmat qiladi

Yodingizda bo‘lsa, joriy yilning 23-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalari faoliyatini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi.

  • 04.07.2022
  • 381
Farg‘onalik energetiklar bugungi kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etishdi

Bugun, 2022-yil 4-iyul kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filialida "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilingan kunning 30 yilligi hamda "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

  • 04.07.2022
  • 377
«Samarqand MET» filiali: Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi tadbirlari yuqori darajada o‘tkaziladi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ ning 2022-yil 24-iyundagi 150-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida "Samarqand MET" filialining 2022-yil 24-iyundagi 136-sonli buyrug‘i e'lon qilindi.

  • 04.07.2022
  • 401
Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonni albatta birgalikda quramiz!»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuvda xalqimizga murojaat qildi:

  • 02.07.2022
  • 370
“O‘zbekiston MET” AJ 2021-yil uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha Ernst & Young'dan ijobiy xulosa oldi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2021-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga Ernst & Young xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi.

  • 02.07.2022
  • 391
Xodimlarimiz Shveytsariyada raqamli podstansiyalar yo‘nalishida malaka oshirmoqdalar

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJning 8 nafar mutaxassis xodimlari Shveytsariyaning Baden shahrida xizmat safarida bo‘lib, malaka oshirish mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

  • 01.07.2022
  • 574
Xavfsizlik texnikasi oyligi: 2022-yil 1-iyuldan 1-avgustgacha xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik tadbirlarini kuzatib boring!

Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda 11650 kilometrdan ziyod 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalarida yuzlab texnik-muhandis, elektr montyor va elektr chilangarlari mehnat faoliyati yuritishadi. Ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy rioya qilishi doimiy nazorat qilish — muhim masala.

  • 01.07.2022
  • 615
Ayni paytda elektr ta'minotida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar uzbekistonmet.uz veb-sayti sahifalarida (iqtiboslar xronologik tartibda)

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida: KMZ 1, KMZ 2, Markaziy 1, Markaziy 2 va Hilol liniyalariga 28 yanvar 10:20 dan Milliy elektr tarmoqlari AJ milliy dispetcherlik xizmati tomonidan cheklov kiritildi. Shu bois Qarshi shahri, Qarshi, Kasbi, Mirishkor tumanlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

  • 01.07.2022
  • 848
>