O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr boshlanmoqda.
Ertaga, 12-sentabr kuni mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga bag‘ishlangan dasturiy ahamiyatga ega, konseptual maqolasi chop etiladi.
Joriy yilning 15–16 - sentyabr kunlari Samarqandda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbati sammiti o‘tkaziladi. Sammitda ShHTga a'zo mamlakatlar rahbarlari so‘nggi uch yilda birinchi marta bir manzilga to‘planmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ACWA Power Uzbekistan — shamol elektr stansiyalari kompaniyasi bosh direktori Baxtiyor Ishnaev hamda ShES loyihalashtirish kompaniyasi direktori Alpen Karainni qabul qildi.
Prezidentning 2017-yil 16-sentyabrdagi PQ–3284-sonli «"Magistral tarmoqlarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish" investitsion loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni bajarish maqsadida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialinig 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasidagi VVN-220 rusumli jami 4 komplekt o‘chirgichlar LTB-245E1-1P-50kA rusumli eligazli o‘chirgichlarga almashtirildi.
Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi. Ushbu tadbir ShHT yetakchilarining 2019-yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi va O‘zbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati, Qirg‘iz Respublikasi energetika vazirining o‘rinbosari hamda “Elektr stansiyalari” OAJ rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yuzasidan ma'lumotnoma.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-sentabr kuni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Avval xabar berganimizdek, Istiqlol shodyonalari arafasida Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi «Katta-Qo‘yliq» mahallasida «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan katta bayram dasturi o‘tkazilgan edi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga rioya etilayotgani hamda boshqaruv tizimining korrupsiyaga qarshi qurashish amaliyoti o‘z o‘rnida ishlayotganligi baholash bo‘yicha “CERT International” xalqaro sertifiktlash organi tomonidan Kuzatuv auditi o‘tkazildi.
Bugun, 31-avgust kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 megavatt (MVt) quvvatga ega, O‘zbekistondagi birinchi sanoat miqyosdagi shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.
Bugun ko‘pmillatli xalqimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik qutlug‘ bayramini qalbda quvonch va shukronalik tuyg‘ulari ila nishonlamoqda.
Istiqlol shodyonalarining 31 yilligi arafasida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli elektr tarmoqlari ob'ektlari hamda podstansiyalarda mehnat faoliyati yurituvchi ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Sokin” podstansiyasida Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlari bilan birgalikda, “Farg‘ona MET” filiali bosh muxandisi D.Sh.Karimov nazorati ostida, 2022-yil avariyali holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tqazildi.
Bugun ko‘pmillatli xalqimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligining 31-yillik bayramini qalbda quvonch va shukronalik tuyg‘ulari ila nishonlamoqda.
Bugun, 2022-yil 30-avgustda «O‘zbekiston MET» AJ majlislar zalida "UZASSYSTEM" QK tomonidan ishlab chiqilgan elektron dastur — «O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi elektr tarmoqlarining raqamli modeli va interaktiv xaritasi» loyihasining ishchi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida ko‘rsatib o‘tilganidek, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish borasida barcha soha va yo‘nalishlarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
2022-yilning o‘tgan 7 oyi davomida olib borilgan modernizasiya ishlari natijasida yuqori kuchlanishli 6 ta podstansiya quvvati qo‘shimcha 591 MVA (megavolt amper)ga oshirildi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumani «Katta-Qo‘yliq» mahallasida Mustaqillikning 31-yilligi bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston MET» AJ vakillari, shuningdek, mahalla faollari, mehnat va sport faxriylari ishtirok etishdi.
29-avgust kuni Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Marosimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurib, jamoatchilik vakillari bilan birgalikda haykalni ochdi. Davlat madhiyasi yangradi.