✅ MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
Bugun ko‘pmillatli xalqimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligining 31-yillik bayramini qalbda quvonch va shukronalik tuyg‘ulari ila nishonlamoqda.
⚡️ Istiqlol shodyonasiga atalgan tadbirlar bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi tarkibiy bo‘linma va filiallarda ham davom etmoqda.
✨ Misol uchun, “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov “Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialining xodimlarini Mustaqillik bayramining 31-yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Samarqandlik energetiklar ham, fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz, shu qatorda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning barcha ishchi-xodimlarini Istiqlol shodyonasi bilan qutladi.
Shuningdek, Filialda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishchi tartibdagi masalalar ham muhokama etildi.
Mustaqillik boqiy, bayram shukuhi fayzli, Istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!
✍️ “Samarkand MET» filiali Yoshlar Ittifoqi a'zolari
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati