✨ Avval xabar berganimizdek, Istiqlol shodyonalari arafasida Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi «Katta-Qo‘yliq» mahallasida «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan katta bayram dasturi o‘tkazilgan edi.
«Katta-Qo‘yliq» mahalla fuqarolar yig‘ini «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasiga ma'lum qilishicha, o‘tkazilgan bayram dasturida 5 nafar ehtiyojmand oilalarga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolarga yetkazib berilgan va fuqarolar mahalla faollaridan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlar» AJ jamoasiga o‘tkazilgan bayram dasturi va amalga oshirgan xayriya ishlari uchun minnatdorlik bildirishgan.
Qo‘shimcha ma'lumot:
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati