2022-yil 24-mart sanasida Vazirlar Mahkamasining “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori qabul qilindi.
Davlat unitar korxonasini — Markaz “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlarining milliy, regional va hududiy dispetcherlik funksiyalarini bajaradi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
· yagona elektr energetika tizimini operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta'minlash;
· yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;
· elektr energiyasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, uni ishlab chiqarish va iste'mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;
· yagona elektr energetika tizimining texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini ta'minlash;?
· yagona elektr energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish.
Quyidagilar Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
· elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi tashkilotlarga shartnoma asosida dispetcherlik xizmatini ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
· xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari;
· homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Manba: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/milliy_dispetcherlik_markazi_duk_tashkil_etiladi
Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10056
Eslatib o‘tamiz: mazkur hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2022-yil 27-mart sanasidan kuchga kirgan hisoblanadi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati