O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmonining 2-bandi, “a” kichik bandiga muvofiq har yili davlat organlari va tashkilotlari 1-martga qadar o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirib, 1-aprelga qadar matbuot anjumanlarini o‘tkazish vazifasi belgilangan.
Yuqoridagi zikr etilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida ertaga, 2022-yil 31-mart kuni soat 11:00 da “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy boshqaruv apparati binosida, Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2021-yil yakulariga bag‘ishlangan «Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil» mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Anjumanda OAV hamda jamoatchilik vakillari, shuningdek, turdosh tashkilotlardan vakillar ishtirok etishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: “Minor” metro bekati. Ma'lumot uchun telefonlar: 71-208-5641.
✍️ Moliyaviy boshqaruv, biznes etika va shaffoflik bo‘limi
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati