«O‘zbekiston–24» teleradiokanalida «Adiblar xiyoboni — ma’naviyat maskani» turkumi orqali efirga uzatilayotgan «Intervyu–24» sahifasining navbatdagi mehmoni — Orif To‘xtash – shoir, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan suhbatni e'tiboringizga havola etamiz.
Xabaringiz bor, 2018-yil 27-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror qabul qilgan edi. Mazkur hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishdagi asosiy vazifalar belgilab olingan.
Bugun 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e'lon qilish va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat tili bo‘yicha ma'muriy kodeksga kiritayotgan o‘zgartirishlari mavzusi kutilmaganda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Muhokamaning, munozaraning yaxshi tomoni shu-ki, haqiqat bahslarda tug‘iladi. Ammo mazkur loyihani mutloq buzib talqin qilishlar, kurakda turmas haqoratomuz gaplar, kimlarnidir millatchilikda ayblash kabi razilliklarga jim qarab turolmaysan, kishi.
Bugun xalqimiz o‘zining cho‘ng matonati va birdamlik kayfiyati bilan har qanday ofat-u balolarga qarshi mardonavor tura olishini namoyon etmoqda. Yurtimiz aholisining aksariyati joriy etilgan karantin talablariga rioya etib, o‘z xonadonlarida, qadrdon oilasi bag‘rida sinovli damlarni sabru qanoat bilan o‘tkazyapti.
Ko‘pchilikka ma'lumki, bugun buyuk bobokalonimiz, ulug‘ sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. Bundan 684 yil ilgari O‘zbekiston zaminida tug‘ilib voyaga yetgan jahongir dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirdi, buyuk davlat barpo etib, uni ilm-ma'rifat, me'morchilik markaziga aylantirdi.
«Maslahatchi maslahati» ruknida Nazarimda, ko‘pchilikka tanish bo‘lgan bir gapni sal boshqacha qilib, mana bu tarzda aytish mumkin: «Sen menga qanday kitoblar o‘qishingni ayt, men senga kimligingni aytib beraman». Darvoqe, bugungi kun barchamizni katta sinovdan o‘tkazmoqda. Aksariyat hollarda ko‘cha-ko‘y va davradan davralarga sarf etib kelgan vaqtimizni bugun qadrdon oilamiz bag‘rida o‘tkazishni ma'qul ko‘ryapmiz...
2020-yil 21-fevral kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan «Turkmenenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasiga tegishli «Mari issiqlik stansiyasi» va «Serdar» podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulotda o‘chishi oqibatida import quvvati 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaygani, oradan bir necha soat o‘tgach, turmanistonlik energetiklar tomonidan nosozlik bartaraf etishi oqibatida import amaliyoti to‘liq tiklangani haqida rasmiy xabar berilgan edi.
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi "O'zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
Kun.uz markaziy idoralar rahbarlariga AOKA tavsiyasi bilan tayinlangan matbuot kotiblari ro‘yxatini taqdim etishda davom etadi.
So‘nggi haftalar davomida yuzga yaqin markaziy davlat tashkilotlari va idoralari rahbarlariga matbuot kotiblari tayinlandi.
Prezidentning 27 iyundagi «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilari tayinlanmoqda.
Prezident qarori bilan davlat organlari matbuot kotiblari axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ldi. Ular Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi bo‘yicha tayinlanadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI AXBOROT OLISH KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO‘G‘RISIDA