Ma'lumki, har bir idora, tashkilot va korxonaning umumiy ish faoliyati ko'rsatkichlari o'sha tuzilma ishchi-xodimlari, ya'ni jamoasining mehnat unumdorligi hamda ish samaradorligi bilan chambarchas bog'liq...
Mehr-saxovat ko'rsatish xalqimizga xos fazilat, ayniqsa ko'ngli yarim insonlarga g'amxo'rlik ko'rsatish ulug' saodat hisoblanadi. Bugungi kunda davlatimiz hamda saxovatli kishilar tomonidan aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar fikrimiz dalilidir.
Ma'lumki, aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri. Bu borada komleks va hududiy dasturlar ishlab chiqilgan hamda davlat idora va tashkilotlari rahbarlarining vazifalari belgilab berilgan.
1745 yilda gollandiyalik olim, Leyden shahri tadqiqotchisi Piter van Mushenbruk birinchi elektr kondensator — "Leyden kavanozi" yoki "Leyden idishi"ni yaratdi.
Uilyam Xilbertning XVII asr boshidagi ilk tajribalaridan so'ng "elektr" atamasi el orasida mashhur bo'lib, turli tajriba-sinovlar o'tkazila boshlandi... 1663-yilda Otto fon Gerike metall tayoqchaga biriktirilgan shar shaklidagi elektrostatik mashina (oltingugurtdan) yaratib, hosil bo'lgan elektromagnit maydoni nafaqat tortish, balki o'zidan itarish xususiyatini ham namoyon qilishini o'rgandi.
O'rtayer dengizida mavjud bo'lgan qadimgi madaniyatlar ba'zi narsalarni, masalan, qahrabo daraxtining qurigan shoxlarni mushuk mo'ynasiga ishqalab, so'ng yengilroq narsalarni tortib olish mumkinligini bilishgan...
Qadimgi ajdodlarimiz elektr baliqlarining xususiyatlari haqida bilishar edi... Miloddan avvalgi 2750-yillarga oid qadimgi Misr yozuvlarida bunday xususiyatga ega baliqlar "Nil momoqaldiroqlari" deb nomlangan va afsonalarga ko'ra ular "baliqlarning himoyachilari" sifatida ta'riflangan.
Elektr energiyasi lotincha "electricus" so'zidan (qadimgi yunoncha "ἤλεκτρον") olingan bo'lib, zaryadlangan erkin elektron zarralarining o'zaro ta'siri va tartibli harakati natijasida yuzaga keladigan hodisalar majmui hisoblanadi.
2020-YIL SARHISOBI: "Tezkor, sifatli va xavfsiz transport xizmati ko'rsatish — Avtotransport va mexanizmlar xizmatining bosh maqsadi"
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Yangi bino ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda so‘z olgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov va boshqalar tomonidan mamlakatimizda tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida elektr energiyasi ta’minoti yildan yilga yaxshilanib borayotganligi, bu iqtisodiyotimiz hamda aholi turmush farovonligini yuksalishiga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.
"O'zbekiston MET" AJ tasarrufidagi "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berish, magistral elektr tarmoqlarini ta'mirlash va rivojlantirish bilan shug'ullanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosi yuzasidan "O'zbekiston MET" AJda joriy yilning 5-dekabr kuni soat 10:00da Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi hamda yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti bilan hamkorlikda shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqalarini o'tkazish va musobaqa g'oliblariga qimmatbaho sovg'alar taqdim etish marosimlari bo'lib o'tadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Xabaringiz bor, avvalroq energiya samaradorligi va tejamkorligi mavzusining kichik bir yo‘nalishi — yorituvchi chiroqlardan oqilona foydalanmaslik oqibatida bekorga isrof bo‘layotgan elektr energiyasi haqida so‘z yuritgandik.
Barchamizga ma'lum, bugun deyarli barcha vazirlik, davlat idora va tashkilotlarida matbuot kotiblari faoliyat yuritishmoqda. Prezident qarori bilan ular rahbar o'rinbosariga tenglashtirilib, maslahatchi maqomini olishgan. Aynan shu qarorda axborot xizmati xodimlari tashkilot va jamoatchilik o'rtasida mustahkam ko'prik bo'lishi lozimligi aytilgan.
Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy ma'lumotlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan;
Bugun FM.87.9 to'lqinlarida energiya samaradorligi va tejamkorligi masalalari, shuningdek, "yashil energiya" — qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, quyosh fotoelektr va shamol generatorlari stansiyalarini qurish bo'yicha olib borilayotgan investitsion loyihalar, ularning hududlar kesimidagi qamrovi masalalari haqida davra suhbati uyushtirildi. Jonli efirda tinglovchilarning savollariga javob berildi.
Ko‘pchilikka ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4366-son qaroriga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari: bir vaqtning o‘zida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘lishdi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2020-yil 10-aprel sanasida amalga kiritilgan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” O‘RQ-615-sonli Qonuni targ‘iboti doirasida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida bayram-seminari tashkil etildi.