OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlarining barqaror ishlashi ta'minlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «2021-2022-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda olib borilgan kapital hamda joriy ta'mirlash ishlari natijalari» mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

  • 30.08.2021
  • 336
«O‘zbekiston–24» radiokanalida dolzarb mavzu: Mamlakatimizda «yashil energiya» salmog‘ining oshib borishi — bugungi kun talabi

Davra suhbatida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvi korxonalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Akmal Abbosov hamda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.P.Urunov ishtirok etdi.

  • 27.08.2021
  • 330
SaveEnergy tanlov g‘olibi Toshmatova Irodaning maqolasi

Yangi avlod elektr stansiyalari O‘zbekiston 2030 yilga qadar elektr energiya ishlab chiqarilishida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini hozirgi 10 foizdan 25 foizga yetkazishni maqsad qilgan. Elektr energiyasini an'anaviy usullar yordamida ishlab chiqarish allaqachon urfdan qolmoqda.

  • 19.08.2021
  • 523
«O‘zbekiston MET» AJ: elektr ta’minoti tizimining barqaror faoliyati — tadbirkorlikka oid islohotlarning tayanchi

Joriy yilning birinchi yarimyilligida modernizatsiya dasturi asosida 7 ta podstansiyada yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib, qo‘shimcha quvvatlar yaratildi, deb ma’lum qildi «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati.

  • 19.08.2021
  • 417
ISO xalqaro standarti

uzbekistonmet.uz: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ISO 9001 xalqaro standartining sifat menejmenti sertifikatiga ega bo‘ldi

  • 18.08.2021
  • 383
«O‘zbekiston MET» AJ: Joriy yilning birinchi yarimyilligida modernizatsiya dasturi asosida 7 ta podstansiyada yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib, qo‘shimcha quvvatlar yaratildi

2021-yil birinchi yarimyillik yakunlariga ko‘ra mamlakatimizning magistral elektr tarmoqlari orqali 31,6 milliard kV•soat elektr energiyasi transportirovka qilinib, reja 108,1 foizga bajarildi. O‘sish sur'ati 2020-yilning mos davri ko‘rsatgichi 25,9 milliard kV•soatga nisbatan 122,1 foizni tashkil etdi.

  • 17.08.2021
  • 398
2021-yil 1-dekabrgacha kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lanishi ta'minlanadi

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishida to‘lovlar bo‘yicha imtiyozga ega shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash tizimi joriy etiladi.

  • 10.08.2021
  • 515
Energetika xartiyasi kotibiyatining veb-saytida xartiya bosh kotibi Urban Rusnakning 15-17-iyul kunlari O'zbekistonga tashrifi haqida ma'lumot e'lon qilindi

Unda U.Rusnak "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ishtirok etgani qayd etildi.

  • 03.08.2021
  • 504
“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi «Sirg‘ali» podstansiyasida Xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlari o‘tkazildi

✔️ “Toshkent shahar MET” filialida Xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlari

  • 31.07.2021
  • 409
«O‘shanda 15 kunga yo‘l yopilgan edi. 25 kmga piyoda qatnab tarmoqlarni to‘g‘rilaganmiz» — dengiz sathidan 2150 m balandda ishlovchi elektromontyor

Rahim Sattorov uzoq yillardan beri Qamchiq dovonidagi tog‘ tizmalarida elektromontyorlik qiladi.

  • 29.07.2021
  • 406
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4 milliard 894 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoev 29-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” konini borib ko‘rdi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ochiq va yerosti konlari, metallurgiya va sement zavodlari, keng qamrovli infratuzilma ob'ektlarini birlashtirgan ulkan sanoat majmuasidir. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 7 foizi, eksport hajmining 15 foizi mazkur kombinat hissasiga to‘g‘ri keladi. Oxirgi yillardagi e'tibor natijasida yangi konlar topilib, ishlab chiqarish hajmi yanada oshirilmoqda.

  • 29.07.2021
  • 470
Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytidagi «YOSHLAR SIYOSATI» ruknini kuzatib boring!

Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek singari ulug‘ allomalar, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi shoir va mutafakkirlar, Abdulla Avloniy, Fitrat, Abdulla Qodiriydek ma'rifatparvar adib va olimlar o‘zlarining mashhur ilmiy kashfiyotlarini, o‘lmas badiiy asarlarini aynan sizlarning yoshingizda yaratganlarini hammamiz yaxshi bilamiz va bu bilan faxrlanamiz.

  • 28.07.2021
  • 396
“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filialida ma'naviy-ma'rifiy mavzuda seminar bo‘lib o‘tdi

Ziyo nuridan bahramand oilaning farzandlari — Vatanimiz kelajagi, xalqimiz ishonchi va tayanchi. Bu ta'rifni hech ikkilanmasdan davlat korxonalariga nisbatan ham ishlatish mumkin. Negaki tashkilot ham katta bir oila, uning ham o‘z urf-odatlari, an'analari mavjud. Qolaversa, o‘z ustida ishlab, o‘qib-o‘rgangan kasb egalari borki, ular mehnat qilayotgan tashkilotning kelajagi bor.

  • 27.07.2021
  • 373
OAV: «Cho‘g‘lanma chiroqlar savdosiga chek qo‘yish shu qadar qiyinmi?»

Qish oylarida Energetika vaziri Alisher Sultonov energiyani tejab ishlatish, yurtimizda tejamkor texnologiyalardan foydalanish masalasi oqsayotgani to‘g‘risida gapirgan edi. Vazirning gaplari anchagina keskin munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ammo bu borada u haq ekanini ta'kidlaganlar ham ko‘p. Tejamkor texnologiyalar nafaqat korxona va tashkilotlar, balki aholi tomonidan ham hali to‘liq o‘zlashtirilgani yo‘q. Bu esa energetik muammolarning keskin tus olishi bilan birga, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, atmosferaning zararli gazlar bilan ifloslanishga ham sabab bo‘lishi mumkin.

  • 26.07.2021
  • 424
OAV: «Bir viloyatda o‘n minglab «stolba» avariya holatida. Simyog‘ochlar monopoliyasi tizimning «sehrli tayoqchasi»mi?»

Bugungi kunda O‘zbekistonda elektr energiyasini sifatli tarzda aholiga yetkazib berish eng og‘riqli masalalardan biri ekani shubhasiz. Umuman, yillar ortidan yillar o‘tyaptiki, tizimdan aholi rozi bo‘lmayapti, mo‘'tadillik yo‘q. Sohada aholi va biznes vakillarining eng oddiy ehtiyojlarini-da qondirib bera oladigan darajadagi jiddiy islohot kuzatilmadi. Kun.uz elektr energiyasi ta'minotidagi muammolarga sabab bo‘layotgan muammolarning bir bo‘lagi bo‘lgan – simyog‘ochlar masalasiga Samarqand viloyati misolida e'tibor qaratdi.

  • 24.07.2021
  • 712
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati

Joriy yilning 6-iyulida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

  • 23.07.2021
  • 371
>