Yigirmaga yaqin vazirga matbuot kotibi tayinlandi (ro‘yxat)
Yigirmaga yaqin vazirga matbuot kotibi tayinlandi (ro‘yxat)
23.10.2019
1781
Prezidentning 27 iyundagi «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilari tayinlanmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, bugungi kunga qadar agentlik tomonidan yuzga yaqin nomzodlarga tegishli tavsiyalar berilgan.
Kun.uz, AOKA taqdim etgan ma'lumotlarga asosan, 20ga yaqin vazirliklarning matbuot kotiblarini tanishtirib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi – mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Davlat organi va tashkiloti rahbari axborot xizmatlari xodimlariga, boshqa to‘lovlardan qat'i nazar, davlat budjeti hamda davlat organlari va tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ustama to‘lashga haqlidir.