«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filialining asosiy ish faoliyati elektr energiyani hosil qiluvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini uzatish (transportirovka), shuningdek, boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorlikni amalga oshirishdan iborat.
«Xorazm magistral elektr tarmoqlari» O‘zbekiston Respublikasining elektr energetikasi to‘g‘risidagi Qonuni, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari, elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalari hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filialining Nizomi asosida ish faolyatini olib boradi.
Qabul kunlari: dushanba, soat 10:00 dan 11:00 gacha
Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonqa ko‘chasi, 36/1-uy.
Telefon: +998 (62) 227-33-85, (62) 227-32-05 faks.
«Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali Xorazm viloyatida yashovchi aholi, faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari, o‘rta va kichik biznes ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha ob'ektlari, umuman olganda, xalq xo‘jaligining barcha sohalari hamda iste'molchilarini uzluksiz, sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.
22.10.2019: OSIYO TARAQQIYOTI BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
05.11.2019: XORAZMDA OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDAGI INVESTITSION LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA
21.11.2019: XORAZMDA INVESTITSION LOYIHANING II BOSQICH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
19.12.2019: INVESTITSION LOYIHANING YAKUNIY BOSQICHI
30.12.2019: YANGI ELEKTR TARMOG‘I SINOVDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TDI
© Axborot 24 | Xorazm viloyatida energetika tizimida modernizatsiya ishlari mtrk.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati