«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining asosiy ish faoliyati elektr energiyani hosil qiluvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini uzatish (transportirovka), shuningdek, boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorlikni amalga oshirishdan iborat.
«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» O‘zbekiston Respublikasining elektr energetikasi to‘g‘risidagi Qonuni, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari, elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalari hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining Nizomi asosida ish faolyatini olib boradi.
Qabul kunlari: dushanba, soat 10:00 dan 11:00 gacha
Bog‘lanish: Qarshi shahri, Xonobod shoh ko‘chasi, mo‘ljal 220 kVli «Qarshi» podstansiyasi, telefon: +998 (75) 221-08-95.
«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Qashqadaryo viloyatida yashovchi aholi, faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari, o‘rta va kichik biznes ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha ob'ektlari, umuman olganda, xalq xo‘jaligining barcha sohalari hamda iste'molchilarini uzluksiz, sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.
✅ Qo‘shimcha quvvatlar elektr energiya ta’minotini yaxshilamoqda
© Axborot 24 | Qashqadaryoda yirik podstansiya qurilishi
#16apr #uzbekiston24
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati