Yangiliklar
“Buxoro MET” filialining 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Buxoro” podstansiyasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbiri o‘tkazildi
  • 13.12.2024
  • 158

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi A.Ramatov tomonidan 2024-yil 28-oktabrdagi 2-sonli “Favqulodda vaziyatlarning  oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishi” bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududida joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrga qadar “Yong‘in  xavfsizligi  oyligi” tadbirlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Ko‘rik oyligi doirasida, qish faslida isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, barcha energetika va ijtimoiy soha obyektlarda yong‘in xavfsizligi borasida amalga oshirilayotgan ishlarda xodimlar ishtiroki ta’minlash uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 5-noyabrdagi 235-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialining  tegishli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq va ko‘rsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Yong‘in  xavfsizligi  oyligi” tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda yong‘iin xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish, yong‘inlar chog‘ida odamlarning evakuatsiya  qilinishini hamda korxonaning mol-mulkini saqlab qolinishini ta’minlash, obyektda yong‘in sodir bo‘lganda avariya-qutqaruv ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha tuzilmalar (navbatchi dispetcher, texnik ta’minot guruhi, o‘t o‘chirish guruhi), tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda harakatlanishda amaliy malakalarini oshirish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>