Yangiliklar
220 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbiri o‘tkazildi
  • 13.12.2024
  • 54

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi A.Ramatov tomonidan 2024-yil 28-oktabrdagi 2-sonli “Favqulodda vaziyatlarning  oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishi” bayoniga asosan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ishtirokida  15-noyabridan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi  oyligi” tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda yong‘iin xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish, obyektda yong‘in sodir bo‘lganda avariya-qutqaruv ishlarini to‘g‘ri tashkil etish yo‘nalishida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>