Yangiliklar
500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida yong‘in xavfsizligiga oid tadbir o‘tkazildi
  • 13.12.2024
  • 50

Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirinig o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi A.Ramatov tomonidan 2024-yil 28-oktyabr kuni 2-sonli “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishi” bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan respublika hududida joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabriga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

 

 

⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 5-noyabrdagi 235-sonli buyrug‘iga asosan ko‘rik oyligi doirasida, qish faslida isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, Filial tasarrufidagi obyektlarda yong‘in xavfsizlgi borasida amalga oshirilayotgan ishlarda xodimlar ishtirokini ta’minlash maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali 500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida tadbir o‘tkazildi.

 

 

Tadbirda yong‘iin xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish, yong‘inlar chog‘ida odamlarning evakuatsiya  qilinishini hamda korxonaning mol-mulkini saqlab qolinishini ta’minlash, obyektda yong‘in sodir bo‘lganda avariya-qutqaruv ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha tuzilmalar (navbatchi dispetcher, texnik ta’minot guruhi, o‘t o‘chirish guruhi), tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda harakatlanishda amaliy malakalarini oshirish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>