Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi A.Ramatov tomonidan 2024-yil 28-oktabrdagi 2-sonli “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishi” bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududida joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Ko‘rik oyligi doirasida, qish faslida isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, barcha energetika va ijtimoiy soha obyektlarda yong‘in xavfsizligi borasida amalga oshirilayotgan ishlarda xodimlar ishtiroki ta’minlash uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 5-noyabrdagi 235-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining 2024-yil 8-noyabrdagi 199-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq va ko‘rsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
✍️ “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik teхnikasi guruhi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati